Gafurov Jaxongir Muminjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda stress oqibatida siydik tutolmaslikni tuzatishda sling plastik jarrohlik amaliyotlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini baholash», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Tib1118.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanxodjaeva Malika Tursunxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jinsiy a’zo prolapsi bilan birga stress oqibatida siydik tutolmaslikka chalingan ayollarda modifikatsiyalangan sling jarrohlik amaliyotlari samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoatida faoliyat yurituvchi ayollarda stress oqibatida siydik tuta olmasligi uchrashi darajasining yuqoriligi kasallikka olib keluvchi omillar, siydik inkontinensiyasi rivojlanishi va ayollar yoshiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor ayollarda genital prolaps II-IV darajasi operatsiyasida to‘rsimon sintetik tasmani chov suyuklariga mahkamlash va TVT-O bilan birlashtirish kasallikning yanada rivojlanishini oldini olishi xamda stressli siydik tuta olmaslikni to‘xtatishi aniqlangan;
ilk bor ishlab chiqilgan sintetik prolen endoprotez tasmani chov suyaklariga mahkamlash usuli ananaviy usulga nisbatan ayollarda stress oqibatida siydik tuta olmaslikni samarali bartaraf etishi isbotlangan;
ilk bor “Minisling JM” usuli bo‘yicha ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan sling jarrohlik usuli qin old devori va kol`poperineolevatoroplastika bilan birgalikda o‘tkazilishi ayollarda jinsiy faoliyatini saqlab qolishi va siydik ushlay olmaslikni to‘liq bartaraf qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollarda stress siydik ushlay olmaslik korreksiyasida sling-plastik operatsiya amaliyotlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kuchanganda ayollardagi siydik tuta olmaslikni jarroxlik yo‘li bilan davolash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05018; 26.02.2015 yil). Mazkur patent ayollar kuchanganda siydik tuta olmaslikni davolashni taklif etilgan jarroxlik usuli ulardagi noqulayliklarni oldini olishga xizmat qilgan;
stress oqibatida siydik ushlay olmaslikni olib borish asosida ishlab chiqilgan «Ayollarda stress oqibatida siydik ushlay olmaslikni davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-d/263-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda stress oqibatida siydik ushlay olmaslikni xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga xizmat qilgan;
siydik inkontinensiyasi rivojlanishini aniqlash asosida ishlab chiqilgan «Ayollarda inkontinensiyani jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-d/263-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda xomiladorlikni oxiriga etkaza olmaslik xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga xizmat qilgan;
stress siydik tuta olmaslikni tashxilash va jarrohlik davolashning yangi usullari asosida ishlab chiqilgan «Stress oqibatida siydik ushlay olmaslikni tashxislash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari, TVT-O jarrohligining texnikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-d/263-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda xomiladorlikni oxiriga etkaza olmaslik xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga xizmat qilgan;
ayollarda stress siydik ushlay olmaslik korreksiyasida sling-plastik operatsiya amaliyotlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Respublika perinatal markazi xamda Buxoro va Samarkand viloyati perinatal markazlari amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 apreldagi 8n-z/71-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshiradi, sling-plastik operatsiya usullarini takomillashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish, bemorni erta faollashtirish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.