Karimov Gafur Umurqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kam suv talabchan bog‘lovchilar va ular asosidagi ko‘pik betonlar», 05.09.05- “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1876.
Ilmiy rahbar: Yusupov Hamid Vaxobovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti»
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxridin Baratovich – texnika fanlari doktori, professor; Sattorov Zafar Murodovich - texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilaridan foydalanib KSTB va ular asosidagi ko‘pik beton tarkiblarini ishlab chiqish va xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«Portlandsement klinkeri-barxan qumi-superplastifikator va suv» tizimida mexanik faollashtirishning ta’sirini hisobga olgan holda, sement toshida yangi struktura hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan;
KSTB mustahkamligini uning tashkil etuvchilari miqdori va solishtirma sirt yuzasiga bog‘liqligini ifodalovchi matematik regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan;
ko‘pik beton qorishmasi ustuvorligi xususiyatlariga ta’sir etuvchi asosiy bog‘lanishlar aniqlangan.
KSTB-50 tipli bog‘lovchi modda asosida olingan ko‘pik beton sinov natijalariga ko‘ra o‘rtacha zichligi 600...800 kg/m3 bo‘lgan ko‘pik beton olish imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kam suv talabchan bog‘lovchilar asosidagi ko‘pik beton xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shlak-barxan kumi- klinker va superplastifikator JK-02 kabi tashkil qiluvchi komponentlarni mexanik faollashtirish hisobiga struktura hosil bo‘lishi mexanizimini ta’siri ilmiy asoslanib, “Qizilqumsement” AJ korxonasida KSTB-55 tipli bog‘lovchi moddalarni optimal tarkibi ishlab chiqishga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 16 fevraldagi 05/15- 499 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi standart talablariga javob beruvchi mahsulot olish imkonini bergan;
KSTB-55 tipli boglovchi moddalar asosida ko‘pik beton olish uchun taklif etilgan innovatsion g‘oya «STROITELNIE MATERIALI ISSLEDOVANIE ISPITANIE» XK da joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 16 fevraldagi 05/15- 499 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha zichligi D750-800 kg/m3 va sikilishdagi mustaxkamligi 2.5-4.8 MPa bo‘lgan ko‘pik beton ishlab chiqarishga erishilgan.
amalga oshirilgan jarayonlar natijasida olingan maxsulotni tan narxi xisoblanganda 1 tonna portlandsementni ishlab chiqarish qiymati 266411,23 sum, kam suv talabchan bog‘lovchi KSTB-55 tipli boglovchi moddani ishlab chiqarish qiymati esa 179477,12 sumni tashkil etdi. Portlandsement asosida olingan D600 zichlikka ega bo‘lgan gazabeton bilan kam suv talabchan bog‘lovchi modda asosida olingan ko‘pik beton tan narxi solishtirilganda 57000 sum arzonligi aniqlandi.