Avazov A’zam Jonuzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/Iqt636.
Ilmiy rahbar: Xomitov Komiljon Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allaqullovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Il`xom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi sharoitida qayta ishlash va to‘qimachilik sanoati korxonalari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy va amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatining o‘ziga xos xususiyatlari va istiqbol rivojlanish talablari negizida iqtisodiy samaradorlikni baholash uslubiyotiga ustuvor darajada mehnat unumdorligi va fondlar qaytimi sifat ko‘rsatkichlari asosida yondashish asoslab berilgan;   
tarmoq korxonalari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish o‘zagini korxona xodimlari malakasini oshirish va ularni motivatsiyalash-ning ustuvor darajaliligi asoslangan; 
to‘qimachilik tarmog‘i korxonalari xodimlarini boshqarishning yuqori unumdorligi  negizida mehnat unumdorligini o‘sishidan kelib chiqqan qiymat ko‘rinishdagi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini e’tiborga olgan holda “JIZZAKH TEXTILE” MChJ 2021-2025 yillarda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
qayta ishlash va to‘qimachilik korxonalarining innovasion faoliyatini oshirishga fanlararo yondashuvga ko‘ra tashkiliy-iqtisodiy omillar bilan bir qatorda texnik, ijtimoiy, ekologik, psixologik va huquqiy omillar bo‘yicha amalga oshirilshi zarur bo‘lgan tadbirlar tarkibi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
qayta ishlash sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini baholash uslubiyotiga ustuvor darajada mehnat unumdorligi va fondlar qaytimi sifat ko‘rsatkichlari asosida yondashish taklifi “ZARBDOR TEXTILE” MChJ va “JIZZAKH TEXTILE” XK MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 01 fevraldagi 04/16-04-10/10-343-son hamda “O‘zbekto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2020 yil 15 dekabrdagi  04/18-2994-son ma’lumotnomalari). Takliflarning joriy qililinishi “ZARBDOR TEXTILE” MChJda mehnat unumdorligi va fondlar qaytimi indekslarining mos ravishda 1,07 va 1,08 koeffisientga o‘sishi natijasida umumiy iqtisodiy o‘sish darajasi 107,0 %ga hamda “JIZZAKH TEXTILE” XK MChJda ushbu ko‘rsatkichlarning muvofiq tarzda 1,08 va 1,10 koeffisientga o‘sishi natijasida umumiy iqtisodiy o‘sish darajasi 109,0 %ga oshirish imkonini bergan;
korxona ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash (oshirish)-ning o‘zagida xodimlar malakasini oshirish va ularni motvatsiyalash darajasi ustuvor darajaliligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “ZARBDOR TEXTILE” MChJ (05.11.2019 y., 34-sonli buyruq) va “JIZZAKH TEXTILE” XK MChJ  (22.11.2019 y., 98-sonli buyruq) faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 01 fevraldagi 04/16-04-10/10-343-son  hamda “O‘zbekto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2020 yil 15 dekabrdagi 04/18-2994-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifdan foydalanish korxonani boshqarish jarayonida uning aniq funksional tizimlari bo‘yicha samaradorlikni aniqlash hamda ishlab chiqarishni boshqarish tizimini integral baholash imkonini bergan; 
korxona xodimlarini boshqarishning yuqori unumdorligi negizida mehnat unumdorligini o‘sishidan kelib chiqqan qiymat ko‘rinishdagi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini e’tiborga olgan holda prognoz ko‘rsatkichlari “JIZZAKH TEXTILE” MChJ tomonidan 2021-2025 yillarda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 01 fevraldagi 04/16-04-10/10-343-son  hamda “O‘zbekto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2020 yil 15 dekabrdagi 04/18-2994-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflardan foydalanish istiqbolda korxonada mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini 153,6 %ga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2,1 martaga o‘stirish imkonini bergan;
qayta ishlash va to‘qimachilik korxonalarining innovasion faoliyatini oshirishga texnik, ijtimoiy, ekologik, psixologik omillar bo‘yicha amalga oshirilshi zarur bo‘lgan kompleks tadbirlar “ZARBDOR TEXTILE” MChJ va “JIZZAKH TEXTILE” XK MChJ faoliyattiga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 01 fevraldagi 04/16-04-10/10-343-son hamda “O‘zbekto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2020 yil 15 dekabrdagi 04/18-2994-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflardan foydalanish sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish