Samiev Sardor Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston neft`-gaz korxonalarining investision faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt838.
Ilmiy rahbar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Hosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Haydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft`-gaz korxonalarining investision faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilishda to‘lanadigan aksiz soliqlarini birxillashtirish orqali investision faoliyatni moliyalashtirish manbalarining barqarorligini ta’minlash asoslangan;
investision faoliyat moliyalashtirishning risklilik darajasini pasaytirishda uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish loyihalarini amalga oshirishga jalb qilinadigan kredit mablag‘larga  davlat kafolatlarini joriy qilish  taklif etilgan;
investision loyixalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni neft`-gaz korxonalari ustav jamg‘armasiga davlat ulushi sifatida kapitalizatsiyalash taklif etilgan;
neft`-gaz korxonalarida investision faoliyatni moliyalashtirish manbalarini mustahkamlashda suyultirilgan gaz importi uchun bojxona bojini bekor qilish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston neft`-gaz korxonalarining investision faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida: 
moliyalashtirish manbalarining barqarorligini ta’minlash maqsadida neft` mahsulotlarini ishlab chiqarishda va import qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘larini birxillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-659-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1385-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston neft`-gaz korxonalari sof foydasining ko‘payishiga (2019 yilda – 948,0 mlrd. so‘m, 2020 yilda – 3,6 trln. so‘m) sabab bo‘lib, ularning investision faoliyatni moliyalashtirishdagi  imkoniyatlarini kengaytirgan;
moliyalashtirishning risklilik darajasini pasaytirish maqsadida neft`-gaz korxonalarida investision loyihalarni amalga oshirish uchun davlat kafolatlarini joriy qilish zarurligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 aprel`dagi «Neft`-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4664-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1385-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil yakunlari bo‘yicha neft`-gaz korxonalarga 80,0 mlrd.so‘mlik davlat kafolatlari taqdim qilish imkoniyati yaratilgan;
investision loyixalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni neft`-gaz korxonalari ustav jamg‘armasiga davlat ulushi sifatida kapitalizatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi «Neft`-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4664-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida joriy yilning aprel` holatiga tarmoq korxonalarning kapitallashuv darajasini 48,2 foizga etkazish imkonini bergan;
suyultirilgan gaz importi uchun bojxona boji bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 fevral`dagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155 farmoni  14-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1385-son ma’lumotnomasi). Natijada suyultirilgan gaz importyorlarida 30,0 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ tejalishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish