Xasilbekov Axnazar Yadgarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
«Qo‘y junini mexanik tozalashning amaliy va ilmiy asoslarini takomillashtirish», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jalik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx7
Ilmiy rahbar: Yusupov Sur’atbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.27.06.2017. Qx/V.12.02.
Rasmiy opponentlar: Do‘stmuxammad Xolmirzaev, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Adham Gaziev, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi iqlim sharoitlardagi dehqon va chorvachilik fermer xo‘jaliklarida tayyorlanadigan jun sifatini oshirish, junga birlamchi ishlov berish texnik qurilmani yaratish hamda uning asosiy parametrlarini ilmiy va amaliy jihatdan asoslashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shaxsiy yordamchi, ko‘p tarmoqli dehqon va chorvachilik fermer xo‘jaliklarida urchitilayotgan qo‘ylar junining o‘simlik qoldiqlari, ularning yopishqoq urug‘lari va boshqa yot jinslar bilan ifloslanish darajasi va sabablari aniqlangan;
ifloslangan va tozalangan junning fizik-mexanik xususiyatlari va ifloslanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
ifloslangan dag‘al junni birlamchi tozalash apparati, junni sinflash va saralash stolining konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va tajriba-sinov modeli yaratilgan;
junni birlamchi tozalash apparatining ishlab chiqish tajriba-sinovlari natijalariga asosan maqbul parametrlari aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turli darajada ifloslangan dag‘al junni tozalash jarayonini takomillashtirish va ularning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Junni sinflash va birlamchi tozalash stolini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha» va «Jun tozalash apparatida ifloslangan junni tozalash bo‘yicha” shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida joriy etish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan («Qzbek qorako\'li» kompaniyasining 10 fevraldagi №39/01.09-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida qo‘ychilik xo‘jaliklarining jun qirqish punktlarida ifloslangan junni tozalash jarayonining amalga oshirilishida ifloslangan junlarning tozalanish darajasi 85-95% ga samaradorlikka erishilgan;
yaratilgan jun tozalash apparati texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalari Samarqand va Jizzax viloyati qo‘ychilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Dalolatnoma 15.04.2006 y., 20.04.2007 y, 15.05.2014 y.). Bunda ifloslangan junlar tolalarining tabiiy uzunliklari saqlanishi 60-80 mm, apparatning ish unumi soatiga 15-18 kg.ni tashkil qilgan va yillik iqtisodiy samara 1485388 so‘mni tashkil etgan.