Inogamov Sarvar Nigmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy Xalq Respublikasining eksportni rag‘batlantirish tajribasini O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyatlari”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.4.PhD/Iqt1170.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Baxodir Asadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Sharifxo‘jaev Shavkat Akilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Salixov Jasur Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xitoy Xalq Respublikasining eksportni rag‘batlantirish mexanizmi hamda eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash strategiyasini O‘zbekiston Respublikasi eksportni rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish va tashqi savdo diversifikatsiyasini kengaytirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari o‘rtasida kunlik tovarlarga bo‘lgan ehtiyoj, narxlarni tahlil qilish va mas’ul tashkilotlarga taqdim etish, shu jumladan, xaridor topishga ko‘mak berish uchun yagona elektron platforma yaratish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalarida “xalqaro marketolog” vazifalarini amalga oshirish joriy qilindi va ularning funksional vazifalariga chet el bozorlarida nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan milliy mahsulotlarni eksport salohiyatini doimiy tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi savdo uylari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni muvofiqlashtirishi ilmiy jihatdan asoslangan;
Xitoy Xalq Respublikasi eksim (Exim Bank of China) bankining eksportni kreditlash bo‘yicha shartnoma imzolash hamda shartnoma asosida xorijdan buyurtmalar topib, ularni o‘sha davlat talablari bo‘yicha milliy ishlab chiqaruvchilarga kredit asosida buyurtma berish amaliyotini O‘zbekistonda qo‘llanilishi milliy ishlab chiqaruvchilarni eksport faoliyatini rag‘batlantirish nuqtai nazaridan muhimligi asoslab berilgan;
eksportni rag‘batlantirish idoralarida tovar-xom ashyolarini to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el bozorlariga eksport qilish imkoniyatini beruvchi brokerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xitoy Xalq Respublikasining eksportni rag‘batlantirish tajribasini O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari o‘rtasida kunlik tovarlarga bo‘lgan ehtiyoj, narxlarni tahlil qilish va mas’ul tashkilotlarga taqdim etish, shu jumladan, xaridor topishga ko‘mak berish uchun yagona elektron platforma yaratish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilindi va https://uzchinaexport.com platformasi ishga tushirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil 19 iyunidagi 05-1/30826-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi 5400-sonli Farmonining 9-xatboshisida keltirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, global axborot maydonida mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish orqali Tashqi ishlar vazirligi tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida foydalanilgan.
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalarida “xalqaro marketolog” vazifalarini amalga oshirish joriy qilindi va ularning funksional vazifalariga chet el bozorlarida nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan milliy mahsulotlarni eksport salohiyatini doimiy tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi savdo uylari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni muvofiqlashtirish belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil 19 iyunidagi 05-1/30826-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi 5400-sonli Farmonining 3-xatboshisida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatiga mamlakatimiz mahsulotlari, ishlari (xizmatlari) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, investisiyalar, ilg‘or texnologiyalar va turistlar oqimini mamlakatga jalb etishga yo‘naltirilgan yangicha yondashuv va usullarni joriy etish vazifalarini bajarish maqsadida foydalanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati milliy ishlab chiqaruvchilarimizni qo‘llab quvvatlash maqsadida Xitoy Eksim bankining (Exim Bank of China) eksportni kreditlash bo‘yicha shartnoma imzolash tajribasi hamda shartnoma asosida xorijdan buyurtmalar topib, ularni o‘sha davlat talablari bo‘yicha milliy ishlab chiqaruvchilarga kredit asosida buyurtma berish mexanizmini Respublikamizga tatbiq qilish taklifi amaliyotga joriy qilindi va «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan kompaniyaning rivojlanish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 23 oktyabrdagi 01/06-908-son ma’lumotnomasi). Yuqoridagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati eksport faoliyati ko‘lamini oshirish yo‘lida foydalanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati eksport faoliyati ko‘lamini oshirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, eksportni qo‘llab quvvatlash maqsadida tovar-xom ashyo birjalarida nisbatan arzon va chet davlatlarda nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan mahsulotlarni doimiy o‘rganib boruvchi hamda ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el bozorlariga eksport qilish imkoniyatini beruvchi aksiyadorlik jamiyatining brokerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan taklif amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 23 oktyabrdagi 01/06/-908-son ma’lumotnomasi). Yuqoridagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati eksport faoliyati ko‘lamini oshirish yo‘lida foydalanilgan.