Usmanova Umida Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar noalkogol yog‘ xastaligi bo‘lgan bemorlarda bioimpedansmetriya va ovqatlanish buzilishi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda terapiyani optimallashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1659.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: jigar noalkogol yog‘ xastaligi bilan kasallangan bemorlarda bioimpedansometriya va ovqatlanish xulqi buzilishlarini hisobga olgan holda majmuaviy davolash samaradorligini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jigar noalkogol yog‘ xastaligi bor bemorlarda bioimpedansometriya usuli yordamida tana to‘qima tarkibidagi o‘zgarishlar xamda nutritiv holat dinamikasi aniqlangan;
jigar noalkogol yog‘ xastaligi bo‘lgan bemorlarda ovqatlanish me’yori buzilishlarining psixosomatik sabablari va turlari aniqlangan;
uglevod va yog‘ almashinuvidagi buzilish darajasi va ovqatlanish me’yoriy o‘zgarishlari o‘rtasidagi ijobiy korrelyativ mutanosiblik aniqlangan;
jigar noalkogol yog‘ xastaligi bo‘lgan bemorlarda fibroz va steatozning rivojlanishini sekinlashtirishda kombinirlangan terapiya (parhez, miqdorlangan jismoniy faollik va psixoterapiya) samaradorligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar noalkogol yog‘ xastaligi bo‘lgan bemorlarda bioimpedansmetriya va ovqatlanish buzilishi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda terapiyani muqobillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jigarning noalkogol yog‘ xastaligini erta tashxislashda zamonaviy yondoshuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Jigarning noalkogol yog‘ xastaligida semizlikni erta tashxislashda zamonaviy yondoshuv» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 8n-z/207-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarning xavf guruhini aniqlash, shuningdek, Jigar noalkogol yog‘ xastaligi bor bemorlarni erta profilaktikasi imkonini bergan;
jigarning noalkogol yog‘ xastaligi metabolik asoratlarini erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Jigarning noalkogol yog‘ xastaligi metabolik asoratlarini erta tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 8n-z/207-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma noalkogol yog‘ xastaligi metabolik asoratlarini erta tashxislash va bemorlar xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
jigar noalkolgol yog‘ xastaligi bo‘lgan bemorlarda bioimpedansmetriya va ovqatlanish buzilishi ko‘rsatkichlarni baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, 7 – shahar klinik shifoxonasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziy klinikasi, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 08-09/12983-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish davolash sifatini oshirishga, jigardagi modda almashinuvi yaxshilanishi bemorni tez fursatda tana vazni indeksini normallashuvi va shu bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.