Karimov Ilxom Arslanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda qiyin tuzilishga ega ma’dan qatlamini oksidlashning maqbul texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2365.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Muzafarov Amrullo Mustafoevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qiyin tuzilishga ega ma’danlardan uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda ma’danli qatlamni oksidlashning maqbul texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkazuvchanlik darajasi va rN qiymatini o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish asosida tanlab eritish jarayonini barqaror, bir xil oqimda borishiga va EOTEO‘ blogini qazib olish vaqtini optimallashtirishga olib keluvchi ma’dansiz jinslarning qismini kol`matatsiyali sun’iy suv to‘siqlarni yaratish bilan qiyin tarkibli uran konlari qatlamlarining qazib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
texnologik eritmalarning harakat yo‘nalishi o‘zgarishlarini, turg‘un zonalarni chiqarib tashlashni va qiyin tuzilishli uran konlarining er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish blokini qazib olish vaqtining qisqarishini ta’minlovchi qatlamni gidravlik yorish jarayonida texnologik parametrlar aniqlangan;
uch valentli temir (Fe+3) ionlari asosida uranni sul`fat kislotali tanlab eritishda qo‘llaniladigan oksidlovchilarning kinetikasi aniklangan va qiyin tuzilishli yuqori karbonatli uran ma’danlarini qazib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qiyin tuzilishli ma’danlardan uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda ma’dan qatlamini oksidlash va asosiy parametrlarni hisoblashning maqbul texnologiyasining eksperimental tadqiqotlar uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Yuqori karbonatli ma’danlardan uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish parametrlarini jadallashtirish va texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibidagi qiyin tuzilishli uran ma’dan konlaridan uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda ma’dan qatlamini oksidlash texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Janubiy kon boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 24 maydagi 02-06-04/5453-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuboruvchi quduqlar sonini 25%gacha qisqartirish imkonini bergan;
qiyin tuzilishli uran ma’dan konlaridan uranni er ostidan tanlab eritmaga o‘tkazishning gidrodinamik rejimi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Janubiy kon boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 24 maydagi 02-06-04/5453-son ma’lumotnomasi). Natijada, sun’iy suv to‘sig‘i hududida fil`trlanish koeffisientini 4 martaga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish