Iskandarov Sanjar Quvondiqovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ta’limni boshqarish tizimi ma’lumotlarini tahlil qilish algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2281
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Xujayorov Ilyos Sheralievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ta’limni boshqarish ma’lumotlarini tahlil qilish modellarini loyihalashtirish, algoritmlarini yaratish va MVC texnologiyaci asosida dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
katta hajmli ma’lumotlarga ishlov berish asosida ta’limni boshqarish tizimlari buyruqlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan funksional IDEF modeli va algoritmi ishlab chiqigan;
kvadratik dasturlash masalasi orqali ta’limni boshqarish tizimida dars jadvalini shakllantirish va imtixonlarni tashkillashtirish algoritmi va dasturiy moduli ishlab chiqilgan;
MapReduce freamwork asosida hodisa va so‘rovnoma ma’lumotlarini intellektual tahlil qilishning gibrid modeli ishlab chiqilgan;
Hyper-Threading texnologiyaci asosida katta ma’lumotlar massivini paralell ishlov berish algorimi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
katta jamli ma’lumotlarniga ishlov berish asosida ta’limni boshqarish tizimlari buyruqlarini shakllantirish yo‘naltirilgan funksional IDEF modeli va algoritmi asosida ta’lim jarayonini boshqarish uchun ishlab chiqilgan dasturi vosita Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’limning kredit tizimi jarayonini boshkarishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 30-iyun` №33-8/4738 ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun umumiy xulosalarni shakllantirish, mavjud muammolarni aniqlash va mos boshqaruvchi qarorlarni shakllantirishda masalan talabalarga spendiya tayinlash uchun qonunchilikka asosan ularning har bir fan doirasida baholarni tahlil qilish talab qilinadi. Bu ishni qo‘lda bajarilganida 3 kun vaqt talab qilsa, tizim 5 daqiqada amalga oshirgan;
ta’limni boshqarish tizimida dars jadvalini shakllantirish va imtixonlarni tashkillashtirish algoritmi va dasturiy moduli  asosidagi dasturiy majmuasi «Registon Study» nodavlat ta’lim muassasi Uchtepa filialida o‘quv kurslarini tashkil qilish va boshqarishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 30-iyun` №33-8/4738 ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv kursi kuzatuvchilarining hisob varag‘ini yuritish, turli aksiyalarin  hisoblashlar tizim orqali avtomatlashtirilgan tashkil qilish jarayonga ketadigan vaqtni 50% qisqartirgan;
hyper-Threading texnologiyaci asosida katta xajmli ma’lumotlarni paralell qayta ishlash uchun gibrid algoritm asosida ishlab chiqilgan dasturiy modul O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’limning kredit-modul tizimini boshqarishda joriy qilingan qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 30-iyun` №33-8/4738 ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan gibrid algoritm asosida katta hajmli ma’lumotlar massiviga ishlov berishda vaqt bo‘yicha 6 marta samaradorlikka erishilgan;
MapReduce freamwork asosida hodisa va so‘rovnoma ma’lumotlarini intellektual tahlil qilishning gibrid modeli dasturiy majmuasi «Developer Group» MChJ da o‘quv kurslarini tashkil qilish va boshqarish joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 30-iyun` №33-8/4738 ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning kurs maboynida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda darslarga qiziqishlari monitoringini yuritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish