G‘ulomov Oybek G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bozsuv derivatsiya kanali suv oqimini o‘tkazish inshootlarining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1487.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Sayidov Malik Temirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bozsuv derivatsiya kanalidan suv oladigan havzalararo irrigatsiya kanalining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Beton-polotno qoplamali kanallarni gidravlik hisoblari uchun Shezi koeffisientini aniqlashning emperik formulasi ishlab chiqilgan. 
Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanalidan suvni Mirzacho‘l hududiga tashlovchi Havza ichida suv tashlash kanalning gidravlik samaradorlik va ishonchli ishlash mezonlari ishlab chiqilgan.
Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanalidagi suv resurslarining bir qismini Mirzacho‘l hududiga tashlovchi kanalda sodir bo‘ladigan beqaror suv oqimi harakatining stoxastik modeli ishlab chiqilgan.
Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanali suvini Do‘stlik va Janubiy Mirzacho‘l magistral kanaliga tashlash Havza ichida suv tashlash kanalining ishonchli ishlash holatining ehtimollik–statistika modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chirchiq-Ohangaron daryolar havzasidagi suv xo‘jaligi va gidroenergetika holatining tahlili amalga oshirilgan. Ishonchlilik nazarayasi usullari asosida Bozsuv derivatsiya kanalidagi Quyi-Bozsuv GES-22 va Quyi-Bozsuv GES-23 ning texnik holati ishonchliligining  miqdoriy xarakteristikalari aniqlangan. Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanalidagi suv resurslarining bir qismini Mirzacho‘l hududiga tashlovchi kanalning gidravlik samaradorligi va ishonchlilik parametrlari asoslangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi № 03/27-2445-sonli ma’lumotnomasi).
Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanalidan Mirzacho‘l hududiga suv tashlash sxemasini asoslash bo‘yicha  ishlab chiqilgan suv xo‘jaligi balans tenglamasi yordamida suv tashlash tizimining suv xo‘jaligi balansi hisobi hamda derivatsiya kanali suvini Do‘stlik va Janubiy Mirzacho‘l magistral kanallariga tashlash kanali trassasining GAT xaritasi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan suv resurslarini boshqarish jarayoniga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi № 03/27-2445-sonli ma’lumotnomasi).
Nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanalidan suvni Mirzacho‘l hududiga tashlovchi kanalning gidravlik samaradorlik va ishonchli ishlashi mezonlari hamda Bayes formulasi asosida Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanalidan suvni Mirzacho‘l hududiga tashlovchi loyihaviy kanalning ishonchli ishlash holatining miqdoriy baholash usullari  Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan suv resurslarini boshqarish jarayoniga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi № 03/27-2445-sonli ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya doirasida erishilgan derivatsiya kanali suv oqimini o‘tkazish inshootlarining takomillashtirilgan gidravlik hisoblash usullarini amaliyotga joriy qilinishi natijasida Chirchiq-Bozsuv derivatsiya kanalida manbadan olinadigan suvga nisbatan 5-7 foizga yaqin suv resurslari iqtisod qilingan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish