Naimova Shohida Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoidli artrit, ankilozlovchi spondiloartritlarda buyrak zararlanishining o‘ziga xosligi va uning reabilitatsiyasi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib.1880.
Ilmiy rahbar: Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02..
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Quruq issiq iqlim sharoitida revmatoidli artrit va ankilozlovchi spondiloartrit kasalliklarida buyrak zararlanishini xavf omillarini va uning foaliyatini takomillashtirishda reabilitatsiya usullarining samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoidli artrit va ankilozlovchi spondiloartrit bemorlarda bo‘g‘im faoliyatini baholovchi mos ravishda VASh, DAS-28 va BASDAI, BASFI indekslarining ortishi bilan buyrak koptokcha fil`tratsiya tezligini pasayishi orasida bog‘liqlik aniqlangan;
buyrak funksional zararlanishi subklinik ko‘rsatkichlari bilan revmatoidli artrit va ankilozlovchi spondiloartrit bemorlarda kasallik davomiyligining uzayishi, faollik darajasining ifodalanishi va yoshning ortishi kabi xavf omillari o‘rtasida korellyasion bog‘liqliklar borligi asoslangan;
revmatoidli artrit va ankilozlovchi spondiloartrit bemorlar surunkali buyrak kasalligi bilan assotsiirlanganda surunkali buyrak etishmovchiligi bosqichiga qadar standart davodan so‘ng olib boriladigan iqlimterapiya usuli va uning samarasida uremik intoksikatsiyasining kamayishi, asoratlargacha bo‘lgan davrini uzaytirishi, bemorlarning ruhiy holati va hayot sifati ko‘rsatkichlariga (∆HAQ≥0,80) ijobiy ta’siri asoslangan;
bazisli davo negizida uni tiklashga qaratilgan muolajalar natijasida bo‘g‘im faoliyatining tiklanishi bilan birga buyrakning fil`tratsion va konsentratsion imkoniyatlari hisoblangan koptokcha fil`ratsiya tezligi va mikroal`buminuriyaning ijobiy o‘zgarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoidli artrit va ankilozlovchi spondiloartrit bemorlarida buyrak zararlanishi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
revmatoidli artritda buyrak disfunksiyasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Revmatoidli artrit bilan xasta bemorlarda buyrak zararlanishini erta aniklashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 12 apreldagi 8n-d/131 - son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashxislash sifatini oshirish, kasallikning rivojlanish xavfi va og‘irligini bashorat qilish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
ankilozlovchi spondiloartrit bemorlarida buyrak zararlanishi omillarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda buyrak zararlanishining erta tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 12 apreldagi 8n-d/131 - son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda buyrak zararlanish mezonlari va davolash negizida undagi o‘zgarishlarni oldini olish imkonini bergan;
tanlangan patologiyalardagi surunkali buyrak kasalliklari klinik laborator xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filiali va Buxoro, Peshko‘, Jondor tuman tibbiyot birlashmalari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 06 sentyabrdagi 08-07/11349-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi revmatoidli artrit va ankilozlovchi spondiloartrit bemorlari orasida buyrak zararlanishi erta tashxislash aniqligini oshirishda, asoratlarni kamaytirishga, tibbiyot xodimlarining surunkali buyrak kasalligi, ularning xavf omillarini aniqlashga, hamda davolash ko‘nikmalarini oshirish imkonini bergan.