Saydalieva Feruza Avazxanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,  ixtisoslik  shifri (ilmiy daraja  beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qushtoron o‘simligi (Polygonum aviculare) asosida olingan yangi dori vositalar farmakologiyasi», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.RhD/Tib492.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar)  nomi,  IK  raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi. DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova  Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Munira Jo‘raqulovna, biologiya fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Polygonum aviculare asosida olingan gemostat suyuq ekstrakti hamda qushtoron nastoykasining farmako-toksikologik xususiyatlarini turli tajriba modellarida ko‘rib chiqish va organizm uchun xavfsizligini isbotlash va ularni amaliy tibbiyotda qo‘llash imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qushtoron nastoykasining  gemostatik faolligi   jag‘-jag‘ suyuq ekstrakti bilan taqqoslangan holda kalamushlarda qon ketish vaqtini va qon yo‘qotish miqdorini sezilarli darajada kamaytirishi isbotlangan;
gemostat suyuq ekstraktining qon ivish tizimini rag‘batlantirishi ya’ni  qon ivishining I va II bosqichlariga ta’sir qilib tromboplastin va trombinning hosil bo‘lishi va faolligini oshirishi aniqlangan;
gemostat va qushtoron nastoykasining ta’sir mexanizmi trombotsitlar adgeziyasi va agregatsiyasi hamda trombotsitlarning retraktil qobiliyati bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
gemostat va qushtoron nastoykasi organizmga surunkali yuborilganda  salbiy ta’siri yuzaga kelmaganligi va gistologik tadqiqotlarda tajriba hayvonlarning ichki organlarida patomorfologik o‘zgarishlar bo‘lmaganligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Polygonum aviculare o‘simligi asosida olingan gemostat suyuq ekstrakti gemostatik ta’sirga ega bo‘lgan potensial vosita sifatida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
gemostat suyuq ekstraktining spesifik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Gemostat suyuq ekstraktining spesifik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil  22 dekabrdagi 8n-d/253-sonli  ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida tajriba jarayonida gemostatik dori vositalarini ta’sirini baholay olish imkonini bergan;
qushtoron nastoykasi gemostatik ta’sirga ega bo‘lgan potensial vosita sifatida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Qushtoron nastoykasining gemostatik xususiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-d/253-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma tadqiqotlarda gemostatik dori vositalarini xususiyatlari faolligini qisqa vaqtda aniq natijalarini olish imkonini bergan;   
Polygonum aviculare o‘simligi asosida olingan gemostat suyuq ekstrakti va qushtoron nastoykasining gemostatik ta’sirini farmakologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan,  Toshkent tibbiyot akademiyasi farmako-toksikologik tekshiruvlar markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi hamda O‘simlik moddalar kimyosi instituti farmakologiya va toksikologiya laboratoriyalarini amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni  saqlash  vazipligining 2021 yil 25 iyundagi 08.09/6576-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi dori vositalarining gemostatik ta’siriga mukammal baho berishga va ularning gemostatik faolligini qisqa vaqt davomida va sifatli aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish