Abdujabborov Toxirjon Kurbanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali torvoqning turli shakllarini oldini olish va davolashning gigienik jihatlari», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib346.
Ilmiy rahbarlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi va tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122/01
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, Azizov Bahodir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand  davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali torvoq bilan xastalangan bemorlar  erta tashxislash va davolashning zamonaviy gigienik jihatlarni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
remissiya davrida immun tizimning gipo- va giperfunksiya kalit ko‘rsatkichlarini baholashga imkon beruvchi immun tizimi tartibsizligining formulasi immun tizimi disbalansining ushbu holati kuzatilgan bemorlarda tavsiflovchi CD43+ CD33+ IgA3+ Vl3+ CD83+ Limf3+ IgE1+ IgM1+ IgG1+ va qaytalanish davrida - IgE3+CD43+ V-lim.3+ IgA3+ IgM3+ CD83+ CD33+ T-limf3+ Limf.3- mavjudligi asoslangan; 
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining biologik va sensibillovchi xususiyatlari hisobiga olgan holda gipoallergenlik xususiyatiga ega parhezni, bemorlarning jinsi, yoshi, immun va ovqatlanish statusi, shuningdek, surunkali kasalliklar mavjudligiga qarab individual tartibi tavsiya qilinganligi isbotlangan;
oziq-ovqat mahsulotlarining allergenlik xususiyatlarining darajasini inobatga olgan holda kasallikni oldini olishda ilk belgilarga ta’sir mexanizmiga mos gigienik ko‘nikmalarning o‘rni va ahamiyati isbotlangan; 
davolashning kompleks tizimi davolashning zo‘riqish davrini qisqartirish, shuningdek, sub’ektiv sezishni deyarli 2 marta yo‘qolishiga imkon bergan va klinik sog‘aygnan bemorlar sonini oshirish va remissiya davrini 1,5-2,5 martaga uzaytirishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali torvoqning  turli shakllarini oldini olish va davolashning gigienik jihatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
surunkali torvoqni oldini olish va davolashda immunologik belgilar, ko‘rsatkichlar, qondagi o‘zgarishlar va  yangi ishlab chiqarilgan parxez taomlar kasallikningg erta asoratlarining  oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan  «Surunkali tarvoqni turli shakllarini oldini olish va davolashning gigienik  aspektlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/219-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali tarovoqni turli shakllarining keng qamrovli tarqalishini oldini olish, erta tashxislash, davolash va kasallikning asoratlarni oldini olishga qartilgan taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
surunkali torvoqning turli shakllarini oldini olish va davolashning gigienik jihatlari tashxislash va samarali davolash va oldini olishga qaratilgan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika  sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamaot salomatligi xizmati markazi Andijon viloyati teritanosil kasalliklari dispaseri amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 03 avgustdagi 8n-d/315-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi  surunkali torvoqning turli shakllarini erta tashxislash, kasallikni samarali davolash tizimida o‘zga xos davolash tizimini joriy qilish va kasallikni oldini olishda yangi ishlab chiqilgan gipoallergenlik xususiyatga parxezning samaradorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish