Zaripova Dilnoza Yashinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Perimenopauzal davrdagi ayollarda osteoporozni bashorat qilishning zamonaviy jihatlari», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib.1119.
Ilmiy rahbar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Shalina Raisa Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Ro‘zieva Nodira Hakimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: perimenopauza davrida ayollarda osteoporoz¬ni bashorat qilish va unga erta tashxis qo‘yishda qon zardobining optik zichligi, biokimyoviy markerlarning o‘rnini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
perimenopauza davridagi ayollarda o‘ziga xos rivojlanishni aniqlashda qon zardobining optik zichligini tavsiflovchi, fatsiyalar morfologik tuzilmalari tarkibining o‘ta past darajaga ega bo‘lishi, radial simmet¬riya¬li tasvirlarning kuzatilmasligi va densitometrik ko‘rsatkichlar BMD (suyak¬ning mineral zichligi), BMC (suyak tarkibidagi mineral modda¬lar miq¬dori), suyak yuzasining maydoni, T-score va Z-score suyaklar mineral zichligi¬ning pasayishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar aniqlangan;
perimenopauza davrida osteoporoz rivojlangan ayollarning qonida estradiol, progesteron gormonlari miqdorining kamayishi, FSG gormoni¬ning oshishi sabab biokimyoviy markerlar, magniy, kal`siyning kamayishi, ishqoriy fosfatazaning qondagi miqdori ko‘payishi va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
perimenopauza davrida qonning optik zichligi, biokimyoviy markerlar, ishqoriy fosfotaza, estradiol, progesteron, magniy, kal`siy elementlari¬ning kamayishi, densitometriya parametrlari va FSG pasayishi osteoporoz¬ning rivojlanishiga olib kelishi asoslangan;
perimenopauza davrida osteoporoz bilan asoratlangan ayollarda qon¬ning optik zichligi, densitometriya va gormonal, biokimyoviy ko‘rsatkichlar monitoringi asosida osteoporoz bilan asoratlangan ayollarga qarash, o‘tkazi¬layotgan terapiya samaradorligini baholash va davolashning optimal muddati hamda usulini tanlash taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Perimenopauza davri¬dagi ayollarda osteoporozning erta diagnostikasini prognoz qilishda qon zardobi optik zichligi va biokimyoviy markerlarning o‘rnini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
perimenopauzal davrni boshidan kechirayotgan ayollarda rivojlanuvchi osteoporozni erta aniqlash maqsadida qon zardobi optik zichligi ma’lumotlaridan foydalanish natijalari asosida ishlab chiqilgan “Klimaksga tashxis qo‘yish samaradorligini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 martdagi 8n-r/175-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma klimakterik yoshdagi ayollarda klimaksni o‘z vaqtida aniqlash va xayot sifatini yaxshilash uchun aniq tavsiyalar berish imkonini bergan; perimenopauza davridagi osteoporozni biokimyoviy markyorlarni aniqlash natijalari asosida “Perimenopauza davridagi osteoporozni oldindan aytib berish va oldini olish mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 8n-r/481-son ma’lumotnomasi). Bu uslubiy tavsiyanoma klimakterik yoshdagi ayollarda osteoporozni o‘z vaqtida aniqlash, bemorlarning ushbu kontingentida atravmatik sinishlar darajasini qisqartirish imkonini bergan;
tadqiqot davomida kasallikni tashxislash va davolash samaradorligini oshirish borasida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyatidagi Buxoro shahar va Buxoro tumani tug‘ruq komplekslarining ginekologiya bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 8n-d/51-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga tatbiq etilgan natijalar osteoporoz bilan asoratlangan ayollarda kasallikni davolash va tashxislash sifatini yaxshilash, kasallikning asoratlari uchrashi hamda ayollar o‘limi sonini qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlar hayoti sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.