Xusanov Anvar Mirzakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholiga ixtisoslashtirilgan statsionar tibbiy yordamni tashkil qilishni takomillashtirish xamda COVID-19 pandemiyasi sharoitida va uning samaradorligini oshirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib374.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; An Andrey Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” shifoxonasi kabi markazlarni tashkil etish uchun model sifatida COVID-19 bemorlariga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bemorlar yoppasiga kelib tushganida COVID-19 koronavirus infeksiyasi og‘ir turlarida xavf guruhlar aniqlanib, reanimatsiya va intensiv davolash tashkillashtirilgan va hajmi aniqlangan;
intensiv davolash taktikasini tanlashga ta’sir etuvchi COVID-19 ning salbiy oqibatlari ehtimolligini prognozlashning asosiy prediktorlari va sabab-oqibat bog‘liqliklari isbotlangan;
COVID-19 sharoitida standartlashtirilgan yordam ko‘rsatish uchun reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limlariga taqsimlashni ta’minlash uchun bemor holatini va klinik ko‘rinishlarini erta baholash mezonlari va tartiblash taktikasi ishlab chiqilgan;
COVID-19li bemorlar yoppasiga tushganida reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limida kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarini davolash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 bilan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkillashtirishni ishlab chiqish va ilmiy asoslashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 bilan bemorlarni olib borish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 bilan bemorlar ko‘plab kelib tushganida ularni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 8n-d/142-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sog‘liqni saqlash tizimi faoyaliyati sifatini yaxshilash, COVID-19 bilan bemorlar ko‘plab kelish tushganida ularni olib borish taktikasini optimallashtirish va maxsus asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan;
COVID-19 bilan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkillashtirishni ishlab chiqishga oid ilmiy tadqiqotlar natijalar sog‘liqni saqlash amaliѐtiga, jumladan, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan Respublika 1-son Zangiota va 2-son Zangiota maxsus shifoxonalari, xamda Virusologiya ITI amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22sentyabrdagi 08-09/12756-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimida xizmat sifatini yaxshilash, COVID-19 bilan bemorlarga barcha turdagi tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish va hajmini shakllantirishni takomillashtirish, ko‘plab bemorlar kelib tushganida COVID-19 ni davolash bayonnomasini ishlab chiqish xamda o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan.