Yaxshiev Sherali Namozovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metall kesish dastgohlarning texnik holatini baholash usullariniishlab chiqish», 05.02.07 – Mashinasozlik mashinalari, apparatlari, agregatlari va qurilmalari ixtisosligi. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2102.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar:Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedov Jobirxon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
metall kesuvchi dastgoh texnik holati va vibratsion xarakteristikalar orasida o‘zaro bog‘liqlik o‘rnatish asosida ularning texnik xolatini baxolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shpindel tugunlarining rivojlanayotgan nuqsonlarni aniqlashni avtomatlashtirilgan ma’lumot yig‘ish qurilmalaridan olingan ma’lumotlar to‘plamidan foydalanish asosida buzmasdan diagnostika qilish usuli ishlab chiqilgan; 
metall kesuvchi dastgohlar tebranish signallarining yuqori chastotali komponentlarini spektral tahlili asosida dastgohlarni montaj va ta’mirlash sifatini nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
belgilangan nuqtalarda va kerakli chastota diapazonlarida qayd etilgan tebranish signallarining yuqori chastotali komponentlarini tahlil qilishga asoslangan metall kesuvchi dastgoh podshipnik tayanchlari texnik holatini vibromonitoring o‘tkazish usuli ishlab chiqilgan;
tebranish ko‘rsatkichlarini dinamikasini xisobga olgan xolda ayni paytdagi podshipnik tayanchlarining xolat darajasini aniqlash imkonini beruvchi metall kesish dastgoxlarining tayanch tugunlarini texnik holatini baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Metall kesish dastgohlarini ishonchliligini oshirish va  texnik holatini baholash usullarini ishlab chiqish uchun olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomatlashtirilgan ma’lumot yig‘ish qurilmalaridan olingan ma’lumotlar to‘plamidan foydalanish asosida shpindel` tugunlarining buzmasdan diagnostika qilish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 02 martdagi 02-06-07/2440-son ma’lumotnomasi). Natijada, rejalashtirilgan va rejadan tashqari ta’mirlash tufayli metall kesuvchi dastgohlarning ishdan chiqishini 1,2 marta kamaytirish imkonini berdi;
metall kesuvchi dastgohlarni montaj qilish va ta’mirlash sifatini nazorat qilish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 02 martdagi 02-06-07/2440-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastgohlarda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarini – 20-22% ga kamaytirish imkonini berdi;
metall kesuvchi dastgohlarning vibromonitoringini o‘tkazish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 02 martdagi 02-06-07/2440-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashinasozlik uskunalarining resursini 12-15% ga oshirish, uning to‘xtovsiz va avariyasiz ishlashi ta’minlanadi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish