Karshiev Xusan Berkinbaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron hujjat elementlari mantiqiy va semantik bog‘lanishini ajratadigan mexanizmlar bo‘yicha axborot ishonchligini oshirish», 05.01.02- Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1294
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumanov Isroil Ibragimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professr; Sulyukova Larisa Faritovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tabiatdagi axborot ortiqchaligidan foydalanishga asoslangan axborot ishonchligini oshiruvchi model, algoritm va dasturiy majmuani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hujjat elementlari statistik, mantiqiy, semantik, tarkibiy-texnologik bog‘lanishi va konseptlar munosabati sababli, hosil bo‘luvchi axborot ortiqchaligidan foydalanuvchi axborot ishonchligini oshirish mexanizmlarini yaratish ilmiy uslubiyatlari ishlab chiqilgan;
axborot xatolarini aniqlash va tuzatish uchun ketma-ketlikda ishonchli va ishonchsiz elementlarga, segmentlarga ajratuvchi, ekvivalentlik koeffisientini muvofiqlashtiruvchi, nazorat qilish bo‘sag‘asi va jamlamasi o‘lchamini optimallashtiruvchi algoritmlar ishlab chiqilgan; 
axborot xatolarini nazorat va taxrir qilish masalalarining umumiy va xususiy echimlari, n-gramm shartli ehtimollar bahosini beruvchi uslubiyat olingan, hamda ko‘p bosqichli morfoligik va tarkiblashtirilgan n-gramm tahlilga asoslangan mexanizmlar Freymvork Sfinks-4 texnologiyasi muhitida sintezlashtirilgan; 
axborot ishonchligini oshirish algoritmlarining tizim samaradorligiga qo‘shgan hissasi xos maqsad funksiya hamda ekstremal nazorat chegaralari bo‘yicha optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar model, algoritm, dasturiy majmua (DM), funksional modullar va dasturiy vositalar asosida: 
elektron hujjat almashish tizimiga kiruvchi: imloviy xatolarini aniqlash va tuzatish, kerakli so‘z lug‘atlarini qidirish, tanish, sinflashtirish, identifikatsiyalash, axborot ishonchligini tabiiy ortiqchalik asosida nazorat qilish funksiyalari Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona faoliyatida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 33-8/7849-son ma’lumotnomasi). Natijada DM tarkibida axborot ishonchliligini oshirish, informativ elementlarni tanlash va shakllantirish, o‘zgaruvchilar qiymatini moslashtirish, hamda optimallashtirish dasturiy modullarining qo‘llanishi,  tashkilot bir oylik hujjati va axborotlari hajmi bo‘yicha hisoblanganda sarflanadigan moddiy xarajat ko‘lamini o‘rtacha 20% qisqartirish imkonini bergan;
qidiruv, tanish, klasterlash dasturiy modullari DM tarkibiga sintezlashtirilgan, hamda «O‘ZBEKTELEKOM» AJ Samarqand filialida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 33-8/7849-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan DM, an’anaviy vizual texnologiyaga nisbatan hujjat axborotini nazorat qilishda aniqlangan umumiy vaqtni 10% gacha, xatolarni aniqlash va tuzatish o‘rtacha vaqtini 4,39 min dan 3,3 min gacha, bir hujjatni qayta ishlash vaqtini 6 min dan 1,5 min gacha kamaytirishi; axborot ishonchligini uch tartibgacha oshirishi; axborotga ishlov berishda murakkablik va xarajat narxi qiymati koeffisientlarini 7-8 marotobaga kamaytiradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish