Toirov Murtoza Shavkidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Inert materiallarni saralab olishda resurstejamkor tebranuvchi elak konstruksiyasini yaratish va tatbiq etish», 05.02.02–“Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari” (texnika fanlari). 05.09.02–“Asoslar, poydevor va er osti inshootlari. Ko‘prik va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar” ixtisosligi. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1867.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04
Ilmiy rahbar: Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, dotsent, Askarxodjaev Tulkun Ishanovich texnika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Irgashev Amirqul, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azamat, texnika fanlari falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inert materiallarni, jumladan asfal`t uchun ishlab chiqarish shlaklarini saralashda resurstejamkor tebranuvchi elak konstruksiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
silliq sirtli “Sito” elaklarining konstruksiyasi inert mahsulotlarning tashqi kuch ta’siridagi emirilish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
inert mahsulotlarini saralash uchun gorizontal tebratuvchi qurilma rotorining konstruksiyasi rotor ichida hosil bo‘luvchi zo‘riqish kuchlarining xarakteri asosida ishlab chiqilgan;
inert mahsulotlarini saralash uchun qo‘llaniladigan tebratuvchi qurilmaning siqilgan havo bilan ishlaydigan konstruksiyasi hosil qilinishi talab etiladigan bosim ko‘rsatgichlarining qiymatlari asosida ishlab chiqilgan;
ta’sir etuvchi siqilgan havo kuchini hisoblash va tebranishlar chastotasini oshirishning matematik echimini aniqlash metodlari siqilgan havoning haroratga bog‘liq holdagi xajmiy kengayish koeffisienti yordamida ishlab chiqilgan;
ratsional tebranuvchan elak konstruksiyasi ishchi organlari harakatining matematik modeli inert materialiga ta’sir atadigan kuch kattaligining chegaraviy qiymatlariga bog‘langan holda ishlab chiqilgan;
inert materiallari uchun qo‘llaniladigan elaklarning yuza mustaxkamligini oshirishga mo‘ljallangan termik ishlov berish rejimlari elak materialining fizik xossasi asosida ishlab chiqilgan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshqariladigan tebranuvchi elak konstruksiyasining nazariy asoslarini rivojlantirish va ratsional konstruksiyalarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tirqishi Ø5; Ø10 va Ø20 mm diametrli silliq sirtli “Sito” elaklarining konstruksiyasi “Navoiy viloyati avtomobil yo‘llari xududiy boshqarmasi” UK ga inert ma’danlarni saralash uchun joriy etilgan (O‘zR Transport Vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” ning 31.03.2021 yildagi №02-1272-son ma’lumotnomasi). Natijada saralanayotgan inert mahsulotining samaradorligi 8-10% ga orttirish imkonini bergan;
gorizontal tebratuvchi qurilma rotorining konstruksiyasi “Navoiy viloyati avtomobil yo‘llari xududiy boshqarmasi” UK ga elaklarning xizmat muddatini oshirish uchun joriy etilgan (O‘zR Transport Vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” ning 31.03.2021 yildagi №02-1272-son ma’lumotnomasi). Natijada gorizontal elaklarning xizmat muddati 10-12% ga oshgan;
tebratuvchi qurilmaning siqilgan havo bilan ishlaydigan konstruksiyasi “Navoiy viloyati avtomobil yo‘llari xududiy boshqarmasi” UK ga olinayotgan inert mahsulotining tannarxini kamaytirish uchun joriy etilgan (O‘zR Transport Vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” ning 31.03.2021 yildagi №02-1272-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilayotgan inert mahsulotning tannarxini 1,4-1,5 martaga kamaytirish imkonini bergan.