Usmonov Boxodir Suvonqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari uzoq muddatli kreditlarining samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1548.
Ilmiy rahbar: Karaliev Turaboy Mamatqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmanov Zafarjon Yashinovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari uzoq muddatli kreditlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mijozlarga uzoq muddatga beriladigan kredit qo‘yilmalari uchun o‘rnatiladigan foiz to‘lovlarini ularning manbalariga qilingan xarajatlar asosida defferinsial stavka asosida belgilash asoslangan; 
mijozlarga berilayotgan uzoq muddatli bank kreditlarini ularning biznes sikliga teng davriylikni e’tiborga olish taklifi etilgan; 
mijozlarga xorijiy valyutada berilayotgan bank kreditlarining valyuta kurslarini oshishidan vujudga keladigan riskni mijoz hamda bank o‘rtasida teng taqsimlash orqali kreditlar samaradorligini oshirish imkoniyati asoslangan;
bank tomonidan jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan ipoteka kreditlarini mijoz faoliyat yuritayotgan korxona yoki tashkilot zimmasiga riskni bir qismini o‘tkazish orqali bank tomonidan berilayotgan kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirishi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari uzoq muddatli kreditlarining samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mijozlarga uzoq muddatga beriladigan kredit qo‘yilmalari uchun o‘rnatiladigan foiz to‘lovlarini ularning manbalariga qilingan xarajatlar asosida defferinsial stavka asosida belgilash taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijort banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agrobank” aksiyadorlik tijort bankining 2021 yil 4 martdagi 11-1-15/310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankning “Biznes rejasi”ni ishlab chiqishda inobatga olinib 2019-2020 yillarda mijozlarga berilgan uzoq muddatli kreditlardan olinadigan daromadni 161,1 mlrd so‘mga ortishi va berilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga olib kelgan; 
mijozlarga berilayotgan uzoq muddatli bank kreditlarini ularning biznes sikliga teng davriylikni e’tiborga olish taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankning “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda inobatga olingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijort bankining 2021 yil 4 martdagi 11-1-15/310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bank tomonidan qo‘llanilishi natijasida 2019-2020 yillarda bankning mijozlar soni ortib berilgan uzoq muddatli kreditlar 818,2 mlrd so‘mga oshishiga olib kelgan;
mijozlarga xorijiy valyutada berilayotgan bank kreditlarining valyuta kurslarini oshishidan vujudga keladigan riskni mijoz hamda bank o‘rtasida teng taqsimlash orqali kreditlar samaradorligini oshirish imkoniyati to‘g‘risidagi taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijort banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agrobank” aksiyadorlik tijort bankining 2021 yil 4 martdagi 11-1-15/310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankning “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda inobatga olingan;
bank tomonidan jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan ipoteka kreditlarini mijoz faoliyat yuritayotgan korxona yoki tashkilot zimmasiga riskni bir qismini o‘tkazish orqali bank tomonidan berilayotgan kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirishi taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijort banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agrobank” aksiyadorlik tijort bankining 2021 yil 4 martdagi 11-1-15/310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankning “Kredit siyosati” va “Strategik rivojlantirish siyosati”ni ishlab chiqishda inobatga olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish