Yunusova Lalita Rinatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘yin soxasi kistoz xosilalarni tashxislashda tomografiya vizualizatsiya usullari» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib359.
Ilmiy rahbar: Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xasanov Ulugbek Saidakromovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: buyin soxasi kistoz xosillalar nur tashxisini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyak to‘qimasiga zich joylashgan bo‘yin bronxiogen kistoz xosilalarni differensial tashxisotida bo‘yin sohasini ul`trasonografiya hamda mul`tispiral kompyuter tomografiya tekshiruvini qo‘llashning xususiyatlari asoslangan;
ul`tratovush tekshiruv natijasida bo‘yinning kistoz xosilalar tashxislashda 10 mm dan kichik kistoz hosilalarni ortiqcha nurlanishini oldini olish maqsadida, magnit rezonans tomografiya tekshiruvidan foydalanish isbotlangan;
murakkab kistoz hosilalarda bo‘yin karotid uchburchagi o‘rtasida joylashgan, konturlari yo‘qligi, aniq bo‘lmagan chegaralari, shaklga ega bo‘lmagan belgilar mavjud bo‘lganda uch fazali kompyuter tomografdan foydalanishning abzalligi asoslangan;
amaliyotdan keyin bir yilgacha qaytalangan bo‘yin kistoz xosilalarda magnit rezonans tomografiya tekshiruvi, bir yildan ortiq residivga uchragan bo‘yin kistalarini tashxislashda ul`tratovush tekshiruvidan qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘yin sohasi kistoz xosilalarini tashxislashda tomografik vizualizatsiya usullarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘yin sohasi kistoz xosilalarini tashxislashda tomografik vizualizatsiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ul`tratovush tekshiruv usuli asosida bo‘yin sohasi kistoz xosilalarni baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsifnomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 8n-d/245-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘yin sohasi kistoz xosilalarda nur tashxisoti orqali kistoz xosillarni to‘g‘ri taktik jihatdan tashxislash va davolash sifatini oshirish hamda kasallikning asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
bo‘yin sohasi kistoz xosilalarini tashxislashda tomografik vizualizatsiya usullarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining uchinchi klinikasi hamda Farg‘ona viloyat stomatologik kasalxonasi jarrohlik stomatologiya bo‘limlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 noyabr`dagi 8n–d/244-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jarohatlarning kompleksli nurli tashxislashda har bir tekshiruv usullini oqilona foydalangan holda olingan natijalar tashxislash va bemorga nur yuklamasini va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.