Djumaev Baxodir Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ortiqcha tana vaznli bemorlarda giperlipidemiyaning klinik-laborator va genetik xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib.856.
Ilmiy rahbar: Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musaev Maksud Razzakovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ortiqcha vaznli bemorlar organizmida yog‘larning metabolizmini nazorat qiluvchi genlar polimorfizmi va ularning giperlipidemiya turlari bilan bog‘liqligi klinik-laborator va genetik xususiyatlarlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yurak qon-tomir tizimi kasalliklari kuzatilgan ortiqcha vaznli bemorlar organizmida lipid metabolizmi uchun javobgar gen va genotiplarning polimorfizmi, uchrash chastotasi aniqlangan;
yurak qon-tomir va tayanch-harakat tizimlari xastaliklari tashhislangan ortiqcha tana vazniga ega bemorlarda giperlipidemiya turlari bo‘yicha organizmdagi lipid metabolizmi uchun javob beradigan gen va genotiplarning allellik variantlari assotsiatsiyalari asoslangan;
ilk bor tayanch-harakat tizimi kasalliklari tashhislangan ortiqcha tana vazniga ega bemorlar organizmida lipid metabolizmi uchun javob beradigan gen va genotiplar polimorfizmi uchrash chastotasi aniqlangan;
organizmda lipid metabolizmi uchun javob beradigan gen va genotiplar polimorfizmini o‘rganish asosida giperlipidemiyani individual davolash tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ortiqcha tana vaznli bemorlarda giperlipidemiya klinik-laborator va genetik xususiyatlari, ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Kasallikning xavf omillari va ortiqcha tana vaznli bemorlarda aniqlangan kasallikning asoratlarini oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalar asosida «Ortiqcha tana vazn va semizlikka moyil bo‘lgan bemorlarda gen va genotiplar polimorfizmini aniqlash va dietoterapiya tavsiya qilish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-d/125-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda ortiqcha tana vazni tibbiy va ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish va tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirishning muqobil variantini tanlash imkonini bergan;
ortiqcha tana vaznli bemorlarda klinik-funksional tekshiruvlarning tashhisiy bahosi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 dekabrdagi 8n-r/611-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi ortiqcha tana vaznli bemorlarni kasalliklarni tashhislash sifatini yaxshilash, ular asoratlarini 2,3 baravarga kamaytirish imkonini bergan.