Xayitova Javxar Murotalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Modifikatsiyalangan oltingugurt asosida oltingugurtli beton olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular  asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.14 – Organik moddalar va ular  asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2353.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Babamuratov Bekzod Ergashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piroliz distillyati va gossipol smolasi asosida modifikatsiyalangan oltingugurt  hamda  oltingugurtli beton olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piroliz distillyati va gossipol smolasi bilan oltingugurt sintezi va modifikatsiyasi uchun maqbul sharoit, shuningdek modifikatsiyalangan polimer oltingugurtning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan; 
to‘yinmagan organik birikmalar asosida modifikatsiyalangan polimer oltingugurtli bog‘lovchi moddalar olinib, ularning adgezion, emirilish va mexanik mustahkamlikka chidamlilik xususiyatlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan oltingugurtli betonning mustahkamlik xususiyatlari va agressiv muhitga bardoshliligi aniqlangan;
kimyoviy o‘zgarishlar tufayli yaxshilangan fizikaviy va mexanik xususiyatlarga ega modifikatsiyalangan oltingugurtli betonni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Modifikatsiyalangan oltingugurt asosida oltingugurtli beton olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piroliz distillyati va gossipol smolasi asosida ishlab chiqilgan bog‘lovchilar bilan modifikatsiyalangan oltingugurtli beton «Olmaliq KMK» AJ korxonasida kislota va tuzlarning yuqori konsentratsiyalariga barqaror beton konstruksiyalar olishda joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 27 avgustdagi AA-007165-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan oltingugurtli bog‘lovchilar olish texnologiyasi asosida sul`fat kislota va ammoniy sul’fatning 40% eritmalarida barqaror bo‘lgan oltingugurtli beton olish imkonini bergan; 
yangi oltingugurtli bog‘lovchilar asosida atmosfera va agressiv tashqi muhitlarga chidamli oltingugurtli beton olish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ korxonasida mustahkam polimer oltingugurtli beton olishda joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 27 avgustdagi AA-007165-son ma’lumotnomasi). Natijada, M700 markasi va V55 sinfiga to‘g‘ri keladigan, mustahkamligi 90 MPa bo‘lgan oltingugurtli beton konstruksiyalar olishga imkon bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish