Gapparov Dilshodbek Davronbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dorivor vositalari tarkibidagi framisetin sul`fatni aniqlashning analitik uslublarini ishlab chiqish va validatsiya qilish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K180.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dorivor vositalar tarkibida framisetin sul`fatning miqdoriy tarkibini aniqlashning analitik tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqish, validatsiyasi o‘tkazish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba dori-darmonlar tarkibidagi framisetinning miqdoriy tarkibini aniqlash uchun spektrofotometriyaning arzon va oson bajariladigan usuli yaratilgan;
dorivor mahsulotlar tarkibida framisetin sul`fatni aniqlash va miqdoriy baholash uchun derivat yordamida yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli optimallashtirilgan;
«Framideks» ko‘z va quloq tomchilari hamda «Frameks» burun spreyi preparatlarining farmakopeya sifat ko‘rsatkichlarini hamda ularning ruhsat etilgan chegaralarini belgilash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan va ushbu tadqiqotlar asosida yuqorida ko‘rsatilgan dori uchun spesifikatsiya ishlab chiqilgan;
«ASEPTICA» korxonasida «Framideks» ko‘z va quloq tomchilari va «Frameks» burun spreyi preparatlari sifatini nazorat qilishda qo‘llaniladigan TFM (tashkilotning farmakopeya maqolasi) me’yoriy hujjatlari yaratilgan;
framisetin sul`fatning dorivor mahsulotlardagi miqdoriy tarkibini spektrofotometriya va yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usullari yordamida aniqlashning analitik usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Framisetin tutgan dori preparatlari sifatini nazorat qilish, standartlash va ularning xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Frameks» 1,25 %li burun spreyi O‘zR SSV FTRA FQ tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (TFM 42 Uz-26491354-3810-2020). Natijada, tadqiqotlar asosida yaratilgan usul dori preparati tarkibida framesetin sul`fatni oraliq va yakuniy sifatini nazorat qilish imkonini bergan;
«Framideks» ko‘z va quloq tomchilari O‘zR SSV FTRA FQ tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (TFM 42 Uz-26491354-3457-2018). Natijada, ishlab chiqilgan usullar framisetin sul`fatli dori preparatlarini nazorat qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish