Muxtarov Farrux Xandamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik va ishlab chiqarish binolarida havoni sovitish tizimining samaradorligini ikki bosqichli bug‘latib sovitgich asosida oshirish”, 05.05.04 – “Sanoat issiqlik energetikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T97.
Ilmiy rahbar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Babaxodjaev Raximjan Pachexanovich, texnika fanlari doktori, professor; Uzoqov G‘ulomjon Norboevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarish binolari havosini mo‘’tadillashtiruvchi energiya samarador ikki bosqichli bug‘lanma qurilmasini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aylanuvchi regenerativ issiqlik almashtirgich asosida energiya tejamkor ikki bosqichli bug‘latib sovitish qurilmasining sxemasi ishlab chiqilgan;
o‘tish birliklar soni asosida havoga suv bilan ishlov berish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
aylanuvchi regenerativ issiqlik almashtirgichni maqbul geometrik ko‘rsatkichlari tajriba sinov asosida aniqlangan; 
bug‘lanma sovitgichlarni havoni mo‘’tadillash tizimlarida foydalanish muddatlari, texnikaviy-iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlari aniqlangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Xo‘jalik bino va inshootlarida aylanuvchi regenerativ issiqlik almashtirgich bilan takomillashtirilgan ikki bosqichli bug‘latib sovitish qurilmasi:
aylanuvchi regenerativ issiqlik almashtirgich bilan takomillashtirligan ikki bosqichli bug‘latib sovitish qurilmasi «ROYAL FAMILY» MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 18 yanvardagi 6/04-15-484-son ma’lumotnomasi). Natijada havoni mo‘’tadillash tizimiga sarflanadigan elektr energiya sarfini 2,4 marta kamaytirish imkonini bergan; 
nam havoning ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli va algoritmi «ROYAL FAMILY» MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 18 yanvardagi 6/04-15-484-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish jihozlarini ta’mirlashsiz xizmat muddatini 17 oygacha oshirish imkonini bergan; 
bino-inshootlarda mikroiqlim sharoitini yaratishda ikki bosqichli havoni bug‘latib sovitish hisob-grafik usuli «ROYAL FAMILY» MChJ binosi havoni mo‘’tadillash tizimi uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 18 yanvardagi 6/04-15-484-son ma’lumotnomasi). Natijada bino-inshootlarning harorati 23-250S va nisbiy namligini 46 % bo‘lishini ta’minlashga erishilgan; 
bug‘latib sovitish qurilmasida kechadigan issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini modellashtirish asosida natijalarni qayta ishlash usuli «ROYAL FAMILY» MChJ binosi havoni mo‘’tadillash tizimi uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 18 yanvardagi 6/04-15-484-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 77 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish