Xatamova Dilshoda Narmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sovutish tizimini takomillashtirish asosida kon kompressor uskunalarining samaradorligini oshirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2074.
Ilmiy rahbar: Abduazizov Nabijon Azamatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02
Rasmiy opponentlar: Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor; Rayxanova Galiya Eleubaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sovutish tizimini takomillashtirish asosida kon kompressor uskunalarining ekspluatatsion samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompressorning keyingi pog‘onasiga kiruvchi havoning sovutilish samaradorligini pasayish darajasini aniqlashga imkon beruvchi ko‘p pog‘onali kompressorning oraliq sovutgichidan chiquvchi siqilgan havo haroratining qurum qalinligi va sovutuvchi suv haroratiga bog‘liqligi aniqlangan;
so‘ruvchi havoning sovutish uskunasini qo‘llaganda uskunasining foydali ish koeffisientini va xaqiqiy unumdorligini aniqlash imkonini beruvchi porshenli kompressorning ishchi jarayonlarini matematik modeli ishlab chiqilgan;
suvga elektromagnit ishlov berish uskunasi qo‘llanilganda va qo‘llanilmaganda suvning turli haroratlarida oraliq va so‘nggi sovutgichlarning issiqlik almashinuvi yuzalarida qurimning qalinligini ekspluatatsiya davomiyligiga nisbatan o‘zgarishining bog‘liqligi aniqlangan;
oraliq va so‘nggi sovutgichlarning issiqlik almashinuvi yuzalarida qurumning hosil bo‘lishini kamaytiruvchi kompressor qurilmalarining sovutish tizimining qo‘shimcha suvini yumshatish uchun qurilma ishlab chiqilgan;
kompressor uskunalarini sovutish tizimining aylanma suvini yumshatish qurilmasida suvning umumiy qattiqligining o‘zgarishi uning haroratiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sovutish tizimini takomillashtirish natijasida kon kompressor uskunalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kon kompressor uskunalarini sovutuvchi suvga elektromagnit ishlov berish uskunasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK «1-son GMZ» kon boshqarmasi «Qoraqutan» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 7 iyuldagi 02-06-07/7026-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompressor uskunalarining oraliq va so‘nggi sovutgichlarining issiqlik almashinuvi yuzalarida qurum hosil bo‘lishini 80% ga kamaytirish imkonini bergan;
kompressorga kiruvchi havoning haroratini sun’iy sovutish uskunasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK «1-son GMZ» kon boshqarmasi «Qoraqutan» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 7 iyuldagi 02-06-07/7026-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompressorga kiruvchi havoning harorati 8℃ ga pasaygan va kompressor uskunasining foydali ish koeffisientini oshirish imkonini bergan;
kompressor qurilmasining sovutish tizimining qo‘shimcha suvini yumshatish uchun ishlab chiqilgan qurilma «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK «1-son GMZ» kon boshqarmasi «Qoraqutan» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 7 iyuldagi 02-06-07/7026-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvning qattiqligi 92% pasaytirilgan hamda oraliq va so‘nggi sovutgichlarning issiqlik almashinuvi yuzalarida qurum hosil bo‘lishini kamaytirish imkonini bergan.