Usmonova Nodiraxon Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv omborlari quvurlaridagi pul`satsiya va kavitatsiyaning shakllanishi dinamikasini modellashtirish», 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.2.PhD/T1757
Ilmiy rahbar: Xudaykulov Sovet Ishankulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Shaazizov Farrux Shoakbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Karkidon suv ombori suv o‘tkazish quvurlari hamda suv tashlash inshootlarining turli konstruksiyali qismlarida  kavitatsiya va pul`satsiyaning shakllanishini matematik modellashtirish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nav`e-Stoks tenglamasi orqali suv ombori suv o‘tkazuvchi inshootlar zatvoridagi rezina zichlagichlardan katta tezlikda chiquvchi  oqimlar ta’sirida kavitatsion jarayonning paydo bo‘lishini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
suv ombori va muhandislik kommunikatsiyasi quvurlaridagi bosim va tezlikni mos kelish chegaralarini aniqlashning takomillashtirilgan usuli Reynol`ds va Frud kriteriylari asosida ishlab chiqilgan;
suv omborlari suv o‘tkazuvchi quvurlaridagi kritik parametrlarni hisobga olgan holda kavitatsiya boshlanishini bashoratlash usuli ishlab chiqilgan;
suv o‘tkazuvchi quvur konussimon zatvoridagi oqim tezligining o‘zgarishi  o‘rganilib, gidravlik parametrlarni topish uchun analitik echim olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Suv omborlari quvurlaridagi pul`satsiya va kavitatsiyaning shakllanishi dinamikasini modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv ombori zatvorlaridagi rezina zichlagichlardan sizib turuvchi oqimlardan kavitatsiyalar paydo bo‘lishini aniqlash usuli Karkidon suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi Vazirligining 2021 yil 28 yanvar` № 04/20-326 sonli ma’lumotnoma). Natijada, suv ombori suv o‘tkazgich quvurlarida hosil bo‘ladigan kavitatsiya jarayonlarini 1,2 martaga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
suv ombori va muhandislik kommunikatsiyasi quvurlaridagi bosim va tezlikning mos kelish chegaralarini aniqlashning takomillashtirilgan usuli Karkidon suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi Vazirligining 2021 yil 28 yanvar` № 04/20-326 sonli ma’lumotnoma). Natijada, suv ombori suv o‘tkazgich quvurlaridan ishonchli foydalanish imkoni yaratilgan;
suv omborlari suv o‘tkazgich quvurlaridagi kritik parametrlarni hisobga olgan holda kavitatsiya boshlanishini bashoratlash usuli Karkidon suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi Vazirligining 2021 yil 28 yanvar` № 04/20-326 sonli ma’lumotnoma). Natijada, suv ombori suv o‘tkazgich quvurlarida hosil bo‘ladigan kavitatsiya jarayonlarini erta aniqlash va ularning oldini olish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish