Nasirova Aziza Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxial astma va upkaning surunkali obstruktiv kasalligining kombinatsiyasidagi klinik va immunologik xususiyatlari», 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1072.
Ilmiy raxbar: Bazarova Sayera Abdubasitovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori; Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomli Tojikiston Davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning kombinatsiyasining klinik-laborator, immunologik va funksional ko‘rsatkichlarini e`tiborga olgan xolda erta va differensial tashxislash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi birgalikdagi kechishida allergik va yalliglanish jarayonlari sababli klinik shakllarining og‘ir kechishi kabi o‘ziga xosligi va tizimli yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini 2,4 marta yuqori bo‘lishi asoslangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasaligi va bronxial astmaning birgalikdagi klinik kechishining dastlabki bosqichlarida IL-4, IL-8, TNF-α sitokinlarini qonda va chiqarilgan nafas kondensatida me’yoridan oshishi kasallikni erta va differensial tashxislashdagi prognostik markeri kabi muhim o‘rni ochib berilgan;
bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi birgalikda kechishida tizimli yallig‘lanish sababli endotelial funksiya ko‘rsatkichlarini NO2/NO3 kasallikning klinik kechishi va og‘irlik darajasi bilan to‘g‘ri kuchli bog‘liqligi (r=0,88) aniqlangan;
ilk bor bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning birgalikda kechishida kompleks tashxisot usullari immunologik (IL-4, IL-8, TNF-α, IgE) hamda azot oksidi metaboliti ko‘rsatkichlarini baholash asosida erta tashxislash, davolash va profilaktik chora tadbirlari algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining klinik, laborator, immunologik xususiyatlarini va ularning komorbidligini aniqlash uchun olingan natijalar asosida:
bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning birgalikda kechishini erta va differensial tashxislashni mukobillashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan "Bronxoobstruktiv kasalliklarni differensial diagnostikasi algoritmi: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va bronxial astma" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-r/404-son ma`lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ichki kasalliklar amaliyotida bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning birgalikda kechishida kasallikni erta tashxislash imkonini beradi;
bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning birgalikda kechishida immunologik tizimini dori vositalari yordamida immunokoreksiyalash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan "Bronxial astma bilan bog‘liq bo‘lgan o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining immunodiagnostikasi va immunokorreksiyasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 8n-r/552-son ma`lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ichki kasalliklar amaliyotida bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning birgalikda kechishida immunologik tizimdagi uzgarishlarni bartaraf etish imkonini beradi;
bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning birgalikdagi kechishida bemorlarning hayot sifatini erta differensial tashxislash orkali olingan ilmiy natijalar sog‘likni saklash amaliyotiga, shu jumladan Ishtixon, Payariq va Urgut tuman tibbiyot birlashmalarining amaliyotiga tadbik etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 8n-z/220-son ma`lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning birgalikdagi kechishini erta tashxislash imkonini beradi.