Umarov Xurshidjon Xasanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-12 yoshli gimnastikachilarni maxsus harakat tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped847.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent;
Rasmiy opponentlar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori professor; Xurramov Jasur Qo‘ylievich, pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashg‘ulot guruhidagi 10-12 yoshli gimnastikachilarni maxsus harakat tayyorgarligini bazaviy elementlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10-12 yoshli gimnastikachilarni maxsus harakat tayyorgarligini rivojlantirish uchun ularning antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib sport layoqatini joriy va bosqichli nazorat qilish hisobiga mashg‘ulotlarni maqsadli (individual va kichik guruhlar) tanlash imkoniyati kengaytirilgan;
gimnastika mashg‘ulot dasturining ko‘pkurash turida yangi materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib snaryadlarda musobaqa qoidalari bo‘yicha har bir yondashuvning davomiyligi bajarish soni, ushbu turda mashg‘ulot vaqtini va tuzilishining turli variantlarini ishlab chiqish hisobiga model tavsiflari takomillashtirilgan;
10-12 yoshli gimnastikachilarning vestibulyar analizatorlarini barqarorlik darajasidan kelib chiqib snaryadlarda murakkab koordinatsiyali harakatlarni bajarishda maxsus aylanma harakatlarni faol turlarini kombinatsiyalash hisobiga maxsus harakat tayyorgarligini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
10-12 yoshli gimnastikachilar uchun bo‘g‘imlarning xarakatchanlik darajasidan kelib chiqib monotonlikni yo‘qotish uchun mikrotsikllarning turli yo‘nalishlarida yuklamalarni o‘zgartirish hisobiga katta hajm va shiddatdagi elementlar va kombinatsiyalarni o‘zlashtirish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 10-12 yoshli gimnastikachilarni maxsus harakat tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
10-12 yosh gimnastikachilarni antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy sport layoqatininazorat qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” (Yosh gimnastikachilarning tayyorlash uslubiyati) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustidagi 418-son buyrug‘i, 418/055-raqamli guvohnoma). Natijada gimnastikachilarning harakat tayyorgarligi 14-16% ga yaxshilangan;
gimnastika mashg‘ulot dasturining ko‘pkurash turida snaryadlarda bajariladigan mashg‘ulotlar tuzulishining turli variantlarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Gimnastika nazariyasi va uslubiyati» (Yosh gimnastikachilarning tayyorgarlik uslubiyati) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418/055-raqamli guvohnoma). Natijada snaryadlarda mashg‘ulotlarni o‘rgatish imkoniyati 18% yaxshilangan;
 10-12 yoshli gimnastikachilarning akrobatika va batutda murakkab koordinatsiyali harakatlarni bajarishda maxsus harakat tayyorgarligini kombinatsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Sport pedagogik mahoratini oshirish» (Gimnastika) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434/296-raqamli guvohnoma). Natijada murakkab koordinatsiya qobiliyatlari 12% ga yaxshilangan;
10-12 yoshli gimnastikachilar uchun mikrotsikllarning turli yo‘nalishlarida yuklamalarni xajmi va shiddati elementlar va kombinatsiyalarni o‘zlashtirish uslubiyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar maxsus harakat tayyorgarligini musobaqa qoidalariga muvofiq har bir elementlar bo‘yicha model talablari Toshkent shahar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilari o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 4 dekabrdagi 02-07-08-3433-son dalolatnomasi). Natijada harakat tayyorgarligi darajalarini ishonchli (r<0,05) o‘sganligini ko‘rsatdi. Maxsus harakat tayyorgarligi bo‘yicha modelli darajaga mos natijani ko‘rsatgan gimnastikachilar soni, tadbiq qilingan guruhlarda 10-11yoshlilarda (mos ravishda 9,5 va 8,25 ball) 11-12 yoshlilarlarnikiga nisbatan (mos ravishda 9.0 va 8.1 ball) ishonchli (r= 0.05-0.01) yuqori bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish