Kamilov Dilshod To‘ychi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakatda investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1148.
Ilmiy rahbar: Abdiraximova Saida Axmadjonovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Naima Abidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatda investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Makrodarajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, ilmiy-texnik jarayonlar, mahsulotlar sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llarini amalga oshirish asosida investisiyalardan samarali foydalanish jarayonlarini tartibga solish usuli takomillashtirilgan;
Investisiyalar samaradorligini baholash uslubiyoti erkin iqtisodiy zonalarda investisiyalar samaradorligini «yuqori» (91-100), «yaxshi» (7- 89,9), «o‘rtacha» (50-70,9), «past» (21-49,9) va «samrasiz» (0-20,9) qiymat darajasida baholash asosida takomillashtirilgan;
Intellektual tizimlarga investisiya kiritish, raqamli investisiyalarni kengroq jalb qilish, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarda jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda soliq imtiyozi-ning rag‘batlantiruvchanlik ta’sirini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Hududiy investisiya strategiyasida xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya ulushini oshirishning 2020-2025 yillar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatda investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
makrodarajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llarini amalga oshirish asosida investisiyalardan samarali foydalanish jarayonlarini tartibga solish usuli bo‘yicha taklif Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 29 martdagi 03/14-01-10/10-958-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida investision faollikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, hududiy investisiya strategiyasi va undan samarali foydalanish jarayonlarini tartibga solish usullarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
investisiyalar samaradorligini baholash uslubiyoti erkin iqtisodiy zonalarda investisiyalardan foydalanish samaradorligini «yuqori», «yaxshi», «o‘rtacha», «past» va «samarasiz» qiymat darajasida baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududlarda investisiyalardan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 29 martdagi 03/14-01-10/10-958-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlarda ijobiy investision o‘sish tendensiyalarini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini bergan;
intellektual tizimlarga investisiya kiritish, raqamli investisiyalarni kengroq jalb qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda soliq imtiyozining rag‘batlantiruvchanlik ta’sirini oshirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan investisiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 29 martdagi 03/14-01-10/10-958-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida hududlarga kiritilayotgan investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, uning foydaliligini oshirishning o‘ziga xos yo‘llarini ishlab chiqishga asos bo‘lgan;
hududiy investisiya strategiyasida xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya ulushini oshirishning 2020-2025 yillar prognoz parametrlaridan Jizzax viloyatida investisiyalar samaradorligini oshirishning hududiy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 29 martdagi 03/14-01-10/10-958-son hamda Jizzax viloyati investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasining 2020 yil 28 avgustdagi KA 06-357-2808-son ma’lumotnomalari). Natijada hududiy investisiya istiqbolligini baholash aniqligini oshirish hisobiga viloyatda investisiyalar samaradorligi darajasini oshirishga erishilgan.