Eshonkulov Laziz Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida boshqaruv hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt443.
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalarda boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2010-1 «Xomashyoni birlamchi qayta ishlash» hamda 2010-2 «Tayyor mahsulotni quyish va qadoqlash sexi» ishchi schyotini kiritish orqalida asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini tayyor mahsulot bilan tugallanmagan ishlab chiqarish o‘rtasida optimal taqsimlash imkoniyati asoslangan;
ishchi schyotlar rejasiga 2410 «Ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha xarajatlar (zararlar)» schyotini qo‘shish orqali xarajatlarning boshqaruv hisobini aniqligi va shaffofligini ta’minlash asoslangan;
boshqaruv hisobida asosiy faoliyat foydasini aniqlash uchun xarajatlarning «foydali, zaruriy va foydasiz xarajatlar» sxemasi asosida birlamchi hujjat va hisobot kal`kulyasiyasining shakli taklif etilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida byudjetlashtirishni xavfsizlik marjasi va operatsion vositalar asosida detallashtirish asosida soliq to‘laguncha foydaning 12 foizga oshirish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalarda boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2010-1 «Xomashyoni birlamchi qayta ishlash» hamda 2010-2 «Tayyor mahsulotni quyish va qadoqlash sexi» ishchi schyotini kiritish orqalida asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini tayyor mahsulot bilan tugallanmagan ishlab chiqarish o‘rtasida optimal taqsimlash taklifi «O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizim tashkilotlari hisob siyosatida maxsulot tannarhi hisobini yuritish tartibini belgilashda foydalanilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasining 2020 yil 28 avgustdagi BI/10-673-son ma’lumotnomasi). Natijada meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalarda asosiy ishlab chiqarish xarajatlarni tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish o‘rtasida taqsimlanishi va shu asosida mahsulot birligi tannarxini aniq shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
ishchi schyotlar rejasiga 2410 «Ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha xarajatlar (zararlar)» schyotini qo‘shish orqali xarajatlarning boshqaruv hisobini aniqligi va shaffofligi ta’minlash bo‘yicha taklifi «O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasining 2020 yil 28 avgustdagi BI/10-673-son ma’lumotnomasi). Natijada meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalarda mahsulot birliklari uchun qilingan xarajatlar aniqligi ta’minlash hamda ehtimoliy yo‘qotish xarajatlari miqdorini kamaytirishga erishilgan;
boshqaruv hisobida asosiy faoliyat foydasini aniqlash uchun xarajatlarning «foydali, zaruriy va foydasiz xarajatlar» sxemasi asosida birlamchi hujjat va hisobot kal`kulyasiyasining shakli bo‘yicha taklifi «O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasining 2020 yil 28 avgustdagi BI/10-673-son ma’lumotnomasi). Natijada marjinal daromad hajmi, zararsizlik nuqtasi darajasini hisoblab chiqish, qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy axborotlarni to‘liq va tezkor olish imkoniyati yaratilgan.
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida byudjetlashtirishni xavfsizlik marjasi va operatsion vositalar asosida detallashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasi tomonidan moliyaviy rejalashtirish jarayonida qo‘llanilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasining 2020 yil 28 avgustdagi BI/10-673-son ma’lumotnomasi). Natijada meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida maxsulot sotish xajmini aniqlashtirish asosida ijobiy moliyaviy natijaga erishish imkoniyati yaratilgan.