Pirnazarov Ma’ruf Maxmudjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imining jarohatlanish xavfi bo‘lgan sportchilarda tog‘ay to‘qimasining distrofik o‘zgarishini miqdoriy baholash», 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1024.
Ilmiy rahbar: Sadikov Abdushukur Abdujamilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Irismetov Murod Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori; Gavrilova Elena Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: MR-tomografiya natijalarini baholash asosida tizza bo‘g‘imlari shikastlanishi xavfi bo‘lgan sportchilarda tog‘ay to‘qimalarida distrofik o‘zgarishlar darajasini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bo‘g‘in to‘qimalari magnit rezonans xolatini hujayra va hujayralaroro suyuqligi muvozanatini buzilishi tufayli o‘zgarishlarini aniqlash orqali sportchilarda tizza bo‘g‘ini magnit rezonans tomografiyasining yangi belgilari isbotlangan;
to‘qimalarda erkin va bog‘langan suv molekulasi bilan bog‘liq gidratatsiya tufayli yuz beradigan nomagnit faza vektorining siljishini baholash orqali sportchilar tizza bo‘g‘inida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni erta, klinika oldi davrlarda aniqlash imkoniyati asoslangan;
sportchilar tizza bo‘g‘inida yuzaga keladigan degenerativ o‘zgarishlarni sport turi, sportchi jinsi va tizza bo‘g‘ini suyaklari anatomik qismlariga bog‘liq xususiyatlari aniqlangan;
sportchilar tizza bo‘g‘inida patologik o‘zgarishlarni erta davrlarda aniqlash imkoniyatini beruvchi tabaqalashtirilgan va kompleks magnit rezonans tomografiya bo‘yicha ko‘rsatmalar va ushbu tekshiruvni tanlab qo‘llash rejimlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza bo‘g‘imining zararlanish xavfi bo‘lgan sportchilarda tog‘ay to‘qimasi distrofik o‘zgarishlarini miqdoriy baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida:
MRT tekshiruvlari ma’lumotlariga ko‘ra sportchilarning tizza bo‘g‘imi tog‘ay to‘qimalarining distrofik o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «MRT tekshiruvlari ma’lumotlariga ko‘ra sportchilarning tizza bo‘g‘imi tog‘ay to‘qimalarining distrofik o‘zgarishini miqdoriy baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/141-son ma’lumotnomasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 fevraldagi 8n-d/78-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sportchilarda MR-tomografik semiotikani asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ulardagi tizza bo‘g‘imlarining shikastlanishlari diagnostikasida invaziv bo‘lmagan MR-tomografiyani qo‘llash algoritmi (protokoli) asosida amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
MRT da sakkiz exofakorli sT2 cal_TSE kesimida va TE va TR vaqtlarida qayd etilgan natijalar bo‘yicha ishlab chiqilgan diagnostika usuli Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/141-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda tizza bo‘g‘imlarining shikastlanishlari diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi muddatlarini qisqartirish va hayot sifatini oshirishga imkon yaratilgan.