Nabiev Muzaffar Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtosanoat korxonalarida tayyor maxsulotlar va ularni sotish hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt261.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasuljon Olimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxrom Kasimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtosanoat korxonalarida tayyor mahsulotlar va ularni sotish hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
4900 - “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”ni hisobga oluvchi schyot tarkibida barcha savdo va nosavdo debitorlik qarzlari bo‘yicha ham dargumon qarzlarning hisobi uchun alohida ishchi schyotlarni ochish taklif etilgan;
avtosanoat korxonalarida kapital ta’mirlash xarajatlarini ob’ektning boshlang‘ich qiymatiga olib borish orqali aktivlarning xizmat qilish muddati hamda mehnat unumdorligini 1.5 barobar oshirish asoslangan;
1500 – “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”ni hisobga oluvchi schyot tarkibida zaxiralarning xarid tannarxini to‘g‘ri shakllantirish va mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlanish uchun alohida ishchi schyotlarni ochish taklif etilgan;
hisob siyosatiga 1710 “Ishlab chiqarishga chiqarilgan materiallar va komplektlovchi buyumlar tannarxi” ishchi schetini kiritish asosida ishlab chiqarishda chiqarilgan materiallar va komplektlovchi buyumlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish hamda nazorat qilish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Avtosanoat korxonalarida tayyor mahsulotlar va ularni sotish hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
4900 - “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”ni hisobga oluvchi schyot tarkibida barcha savdo va nosavdo debitorlik qarzlari bo‘yicha ham dargumon qarzlarning hisobi uchun alohida ishchi schyotlarni ochish bo‘yicha taklifi “Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJ va Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (“Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJning 2021 yil 15 iyuldagi 18/48-son hamda Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi 2021 yil 14 fevraldagi 35-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tayyor mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri aniqlash, ichki va tashqi hisobotlarda aks ettirilayotgan axborotlarning ob’ektivligi va sifatliligini oshirishga olib kelgan;
avtosanoat korxonalarida kapital ta’mirlash xarajatlarini ob’ektning boshlang‘ich qiymatiga olib borish asosida mehnat unumdorligi hamda aktivlarning xizmat qilish muddatining 1.5 barobar oshirish bo‘yicha taklifi “Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJ va Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (“Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJning 2021 yil 15 iyuldagi 18/48-son hamda Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi 2021 yil 14 fevraldagi 35-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, buxgalteriya xisobini takomillashtirishga hamda tayyor mahsulotlarga doir axborotlarning MHXSlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
1500 – “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”ni hisobga oluvchi schyot tarkibida zaxiralarning xarid tannarxini to‘g‘ri shakllantirish va mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlanish uchun alohida ishchi schyotlarni ochish bo‘yicha taklifi “Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJ va Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (“Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJning 2021 yil 15 iyuldagi 18/48-son hamda Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi 2021 yil 14 fevraldagi 35-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi tushumlar tan olish va baholash usullari takomillashtirilgan hamda moliyaviy natijalarning shaffofligini ta’minlashga xizmat qilgan;
hisob siyosatiga 1710 “Ishlab chiqarishga chiqarilgan materiallar va komplektlovchi buyumlar tannarxi” ishchi schetini kiritish asosida ishlab chiqarishda chiqarilgan materiallar va komplektlovchi buyumlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish hamda nazorat qilish imkoniyati bo‘yicha taklifi “Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJ va Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (“Uzavtosanoat” AJga qarashli “UzavtoComponents” MChJning 2021 yil 15 iyuldagi 18/48-son hamda Uz Semyung Ko AJ qo‘shma korxonasi 2021 yil 14 fevraldagi 35-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning joriy etilishi buxgalteriya balansida debitorlik qarzlarini MHXSlari talablariga muvofiq aks ettirish imkoniyatini bergan.