Maxkamboev Komil Abdulxaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Korxonalar iqtisodiy salohiyati samaradorligi tahlili va reytingini baholashni takomillashtirish” 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Iqt1241.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Qodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;Babaxalov Norbuta Eshnazarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar iqtisodiy salohiyati samaradorligi tahlili va reytingini baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtotransport korxonalarida tashish jarayonida sarflanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlari tarkibiga “energiya (yoqilg‘i) samaradorligi”, “materiallar samaradorligi”, “mehnat xarajatlari samaradorligi” va “bitta avtobusning bir vaqt birligida tashilgan yo‘lovchilar hajmi” ko‘rsatkichlarini kiritish taklif etilgan;
avtomobil` transporti korxonalari iqtisodiy salohiyati samaradorligini hudud aholisi va yo‘lovchi tashishda band bo‘lgan xodimlar soni bo‘yicha aniqlash imkonini beradigan samaradorlik ko‘rsatkichlari (“yo‘lovchilar bilan aholini qamrab olish darajasi”, “yo‘lovchi oborotining hudud aholisi bilan ta’minlanganlik darajasi”, “yo‘lovchi tashish sohasida band bo‘lgan xodimlar mehnat unumdorligi” va “har bir avtobusning yo‘lovchi tashish xodimlari bilan ta’minlanganlik darajasi”) takomillashtirilgan;
reyting ko‘rsatkichlarining vaznini aniqlash maqsadida avtomobil` transporti korxonalari iqtisodiy samaradorligining o‘rtacha reytingini korxonaning har bir ko‘rsatkich bo‘yicha reytingdagi o‘rinlarni jamlash asosida aniqlash taklif etilgan;
avtomobil` transportikorxonalarining iqtisodiy salohiyat reytingini “yo‘lovchi tashuvchi avtobomillar soni”, “yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar o‘rtacha quvvati” va “haydovchilar soni” ko‘rsatkichlarini mohiyatlilik koeffisienti asosida aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar iqtisodiy salohiyati samaradorligini tahlil qilish va reytingini baholashni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtotransport korxonalarida tashish jarayonida sarflanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlari tarkibiga “energiya (yoqilg‘i) samaradorligi”, “materiallar samaradorligi”, “mehnat xarajatlari samaradorligi” va “bitta avtobusning bir vaqt birligida tashigan yo‘lovchilari hajmi” ko‘rsatkichlarini kiritish bo‘yicha taklifi “Toshshaxartransxizmat” AJ tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun qabul qilingan (Toshkent shaxar hokimligi “Toshshaxartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 5 apreldagi 2-16/85-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi natijasida avtomobil` transporti korxonalari faoliyati samaradorligini, shu jumladan, ularning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va shu asosda iqtisodiy jihatdan asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
avtomobil` transporti korxonalari iqtisodiy salohiyati samaradorligini hudud aholisi va yo‘lovchi tashishda band bo‘lgan xodimlar soni bo‘yicha aniqlash imkonini beradigan samaradorlik ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan (Toshkent shaxar hokimligi “Toshshaxartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 5 apreldagi 2-16/85-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi, avtomobil` transporti korxonalari iqtisodiy salohiyati samaradorligini oshirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash, har bir omilning ta’sirini real baholash va ular asosida ta’sirchan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
avtomobil` transporti korxonalari faoliyati iqtisodiy samaradorligi reytingini korxonaning har bir ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rinlarni jamlash asosida aniqlash bo‘yicha taklifi “Toshshaxartransxizmat” AJ tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun qabul qilingan (Toshkent shaxar hokimligi “Toshshaxartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 5 apreldagi 2-16/85-son ma’lumotnomasi). avtomobil` transporti korxonalari iqtisodiy salohiyatining natijadorligi, daromadliligi va rentabelligi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar bo‘yicha reytingi alohida sub’ektlarda aniqlanib, ularning egallagan o‘rinlarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
avtomobil` transporti korxonalarining iqtisodiy salohiyat reytingini “yo‘lovchi tashuvchi avtobomillar soni”, “yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar o‘rtacha quvvati” va “haydovchilar soni” ko‘rsatkichlarini mohiyatlilik koeffisienti asosida aniqlash bo‘yicha taklifi “Toshshaxartransxizmat” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilingan (Toshkent shaxar hokimligi “Toshshaxartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 5 apreldagi 2-16/85-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bugungi korxonalar o‘rtasidagi keskin raqobat sharoitida har bir korxonaning iqtisodiy salohiyati bo‘yicha reytingini aniqlash imkoniyati yaratilgan.