Ganiev Nixolbek Valievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Telekommunikatsiya xizmatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu300.
Ilmiy rahbar: ImomovNurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Masadikov Sherzodbek Maxmudovich, yuridik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya xizmatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operator va provayderlar telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda ko‘rsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini shartnomada, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etishga majburligi asoslab berilgan;
jismoniy yoki yuridik shaxs telekommunikatsiya operatori bilan shartnoma tuzishdan oldin operatordan taqdim etiladigan asosiy va qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati, narxi va tariflari, ulanish va xizmat ko‘rsatish tartibi haqida ma’lumot olishga haqli ekanligi asoslangan;
operator, provayder, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi o‘z ixtiyorida (bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining resurslari, serverlari va segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar bo‘lmasligi asoslangan;
internet tarmog‘i orqali sudga kelib tushgan so‘rovga, ya’ni elektron hujjat tarzidagi so‘rovga yozma so‘rovlarni rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar qo‘llanilishi asoslantirilgan;
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda talab bo‘yicha bajariladigan shartnoma (abonentlik shartnomasi) bo‘yicha abonent ijroni tegishli ijrochidan talab qilishidan qat’i nazar, ijrochi to‘lovni amalga oshirishi yoki boshqa ijroni taqdim etishi shartligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Telekommunikatsiya xizmatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
operator va provayderlar telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda ko‘rsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini shartnomada, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etishga majburligiga oid taklif «Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ni [ro‘yxat raqami 3275, 2020 yil 30 iyun`] ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 32-8/1452-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilar – jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishga imkon yaratgan;
jismoniy yoki yuridik shaxs telekommunikatsiya operatori bilan shartnoma tuzishdan oldin operatordan taqdim etiladigan asosiy va qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati, narxi va tariflari, ulanish va xizmat ko‘rsatish tartibi haqida ma’lumot olishga haqli ekanligiga oid taklif «Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ni [ro‘yxat raqami 3275, 2020 yil 30 iyun`] ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 32-8/1452-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar – operator va provayderlarning zimmasidagi majburiyatlar doirasini aniqlashtirishga oid huquqiy mexanizmlar amal qilishini kafolatlaydi;
operator, provayder, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi o‘z ixtiyorida (bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining resurslari, serverlari va segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar bo‘lmasligiga oid taklif «Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ni [ro‘yxat raqami 3275, 2020 yil 30 iyun`] ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 32-8/1452-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif telekommunikatsiya xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlarning huquqlarini noinsof iste’molchilardan himoya qilishga imkon bergan;
internet tarmog‘i orqali sudga kelib tushgan so‘rovga, ya’ni elektron hujjat tarzidagi so‘rovga yozma so‘rovlarni rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar qo‘llanilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 21.02.2020 yildagi 04-sonli «Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 11 dekabrdagi Fsh-29-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sud faoliyatida internet xizmatlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini ta’minlashga xizmat qilgan;
talab bo‘yicha bajariladigan shartnoma (abonentlik shartnomasi) – abonent talabi bilan davriy to‘lovlar yoki boshqa narsa evaziga ikkinchi taraf (ijrochi) kelishilgan ijroni belgilangan miqdorda yoki hajmda yoxud boshqa shartlarda taqdim etishni nazarda tutuvchi shartnomaligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi F-5464 sonli farmoyishi bilan ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot insitutining 2021 yil 23 avgustdagi 2/2-5-42-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif telekommunikatsiya xizmatlarini tartibga solishda qo‘llaniladigan abonent shartnomasini qo‘llash va uning huquqiy tabiatini belgilashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish