Pardabaev Jasur Eshbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabdan tashqari ta’limda o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizmat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abduraimov Sherali Saydikarimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabdan tashqari ta’limda o‘quvchilarning  kasbiy tayyorgarligini rivojlashtirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabdan tashqari ta’limda “Socratch tools” (Suqrot mantig‘i), “SAMR Model” (almashtirish, kattalashtirish) hamda “C.R.E.A.T.E.” interfaol o‘qitish texnologiyalari asosida o‘quvchilarda hisoblash-grafik, texnologik-loyihalash, ijodiy konstruktorlik maxsus kompetensiyalarini shakllantirishning intensiv bosqichlari hamda metodikasi professional - yo‘naltirilganlik tamoyili asosida ishlab chiqilgan; 
o‘quvchilarning kasbiy motivatsiyasini tizimli ravishda o‘rganishda ularning qiziqishlari va ta’limiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda muhandislik yo‘nalishlaridagi robototexnika, mexatronika to‘garaklarni tashkil etishning metodik ta’minoti “STEM - STEAM – STREAM” bosqichlarini hamda intellektual, kommunikativ va immitatsion modellashtirish faoliyati yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish natijasida mazmunan takomillashtirilgan;
o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda sistem-mazmuniy, professional yo‘naltirilgan, innovatsion faoliyatli, mezoniy-baholash hamda “STEAM - ta’lim” bosqichlaridan iborat maktabdan tashqari ta’limning texnologik, metodik va didaktik ta’minlash komponentlari aniqlashtirilgan; 
o‘quvchilarning o‘z iqtidori va qiziqishlari asosida maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida maxsus kompetensiyalari (hisoblash-grafik, texnologik-loyihalash, ijodiy konstruktorlik) darajasini aniqlash usullari, mezon va darajalari amaliy faoliyatni tanqidiy baholash, maktabdan tashqari o‘quv jarayonida prognostik-tahliliy va tashkiliy-uslubiy funksiyalarni chuqurlashtirish vositasida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda STEAM ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
“Socratch tools” (Suqrot mantig‘i), “SAMR Model” (almashtirish, kattalashtirish) hamda “C.R.E.A.T.E.” interfaol o‘qitish texnologiyalari asosida o‘quvchilarda hisoblash-grafik, texnologik-loyihalash, ijodiy konstruktorlik maxsus kompetensiyalarini shakllantirishga doir metodik ishlanmalaridan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (PZ-2014-0903160552, 2015-2017) mavzusidagi ilmiy amaliy loyihalarilarni amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 89-03-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ishlanmalar o‘quvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda umumta’lim fanlariga oid tushunchalar hamda texnik bilim va ko‘nikmalarning rivojlantirishga xizmat qilgan; 
robototexnika, mexatronika va muhandislik yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni tashkil etish metodikasi va hisoblash-grafik, texnologik-loyihalash, kreativ konstruktorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning axborot metodik ta’minoti Bahmal tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Bandixon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida maktabdan tashqari ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 89-03-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan ta’minot o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabdan tashqari ta’limda o‘quvchilarning muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy fikrlash, muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash,  dizayn asoslarini tushunish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan topshiriqlar (tizimlashtirilgan ma’lumotlar, laboratoriya ishlanmalari va kasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar) tizimi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 89-03-652-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini darajasini baholash imkoni takomillashtirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish