Matkarimova Ashurxon Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «“Hurmat” semantik maydonini ifodalovchi til vositalarining lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlari», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil924.      
Ilmiy rahbar: Shaxabiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi “hurmat” semantik maydonining lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“hurmat” semantik maydonini ifodalovchi til vositalarining inson  nutq faoliyatining ajralmas qismi sifatidagi universal hodisa ekanligi va o‘zbek, ingliz, rus tillarida morfologik, leksik, sintaktik va stilistik birliklarning real voqelanishi uchun milliy, mentalital, ijtimoiy unikal imkoniyatlar mavjudligi asoslangan; 
“hurmat” semantik maydonining lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlari shakllanishida ijtimoiy munosabatning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi tizimiy hamda millatning  kundalik  turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq vazifaviy xususiyatlarining milliy-madaniy aloqadorligi asosida yuzaga keladigan hodisa ekanligi dalillangan;
“hurmat” semantikasini ifodalovchi til vositalarining o‘ziga xos morfologik, leksik, sintaktik va stilistik shakllarining funksional-semantik jihatdan vaziyatga oid nutqiy muloqotdagi lingvopragmatik xususiyatlar tizimi tiklanib, maydonga jamlangan;
“hurmat” semantik maydoni birliklari  lisoniy va madaniy tafovutlar asosida  rasmiy va norasmiy hurmat, oilada hurmat, do‘stona hurmat, qalbaki hurmat, boshliq va rahbarlarga hurmat, dinga bo‘lgan hurmat, tibbiyot sohasidagi hurmat kabi leksik-semantik ko‘rinishlarining lingvokul`turologik jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hurmat” semantik maydonini ifodalovchi til vositalarining lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dunyo tillarida hurmat ma’nosini ifodalashda o‘ziga xosliklarni qiyoslab aniqlash, lug‘atlarning turli ko‘rinishlarida hurmat ifodalovchi so‘zlarni tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari talqinlarida kuzatish, turli lingvomadaniyat vakillarining kommunikativ samaradorligini ta’minlash borasidagi qarashlarni shakllantirishda Andijon davlat universitetida bajarilgan 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan ITD-1-57 raqamli “O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-03-2267-son ma’lumotnomasi). Natijada “Hurmat” semantik maydonini ifodalovchi til birliklarining sotsiolingvistik, psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish hamda lingvokul`turologik va lingvopragmatik talqinlarning ilmiy ta’minoti mukammallashtirilgan;
hurmat semantik maydonini ifodalovchi til vositalarining ijtimoiy munosabat hamda millatning  kundalik  turmush tarzi bilan bog‘liq vazifaviy xususiyatlarining milliy-madaniy aloqadorligi asosida yuzaga keladigan lingvopragmatik va lingvokul`turologik tahlilidan olingan xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan OT-F8-057 raqamli “O‘zbek tilini sistemaviy tadqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-03-2267-son ma’lumotnomasi). Natijada “Hurmat” semantik maydonini ifodalovchi til birliklarining sistemaviy xususiyatlarini o‘rganish hamda til birliklari substansial xususiyatlarining pragmatik yuzaga chiqishiga doir masalalari dalillangan;
hurmat birliklari orqali ijtimoiy muloqot, siyosiy-diplomatik munosabatlar hamda millat madaniyatini tushunish, hurmat semantik maydonini ifodalovchi til vositalarining lingvopragmatik jihatdan tadqiqi, ikki yoki undan ortiq xalqning o‘zaro bir-birlarining madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi, an’analari, qadriyatlarini kengroq anglash nafaqat so‘zlovchiga, balki tinglovchiga nisbatan ham ta`sir ko‘rsatishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining  “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma`rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta`lim va taraqqiyot”, “Fan ufqlari”  nomli eshittirishlarning 2021 yil fevral va mart oylaridagi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 7 iyundagi 04-25-965-son ma’lumotnomasi). Natijada hurmatni ifodalovchi til birliklarining sotsiolingvistik va psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish hamda lingvopragmatik va lingvokul`turologik talqinlarining ilmiy ta`minotini yoritib borish kabi amaliyotlarda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish