Botirova Shaxlo Isamiddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiy ta’lim klasterining ilmiy-pedagogik asoslari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc /Ped216.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedov Gafurdjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor, fan arbobi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Quronov Mahammad, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogikaning ustuvor tamoyillariga tayangan holda adabiy ta’lim klasterining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uzluksiz ta’lim tizimida adabiyot o‘qitish samaradorligini ta’lim klasteri sharoitida oshirishning metodik ta’minoti ta’lim oluvchilarda shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va akmeologik kompetensiyalarni intensiv shakllantirishni ko‘zda tutuvchi ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli ta’lim texnologiyalarini o‘qituvchilar faoliyati mazmuniga o‘zaro integrativ singdirish orqali takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim uzviyligi va uzluksizligiga ustuvorlik berilgan tizimlararo ijtimoiy sheriklikning o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi empatiya, ishonch, o‘zaro to‘ldiruvchilik, ochiqlik kabi pedagogik imkoniyatlar adabiyotning tarbiyaviy ta’sirini vatanparvarlik, shaxsiy namuna, odob-axloq, ilm-olish, kasb-hunarga oid umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlar uyg‘unligini etnopedagogik qadriyatlar vositasida kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim hududiy tuzilmasining moslashuvchan modeli uzluksiz ta’lim tizimida adabiyot o‘qitishga qo‘yiluvchi ilmiylik, tizimlilik, izchillik, an’anaviylik, novatorlik kabi zamonaviy talablarni kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv muhitiga optimallashtirish orqali takomillashtirilgan;
adabiy ta’limda kelajak o‘qituvchisi konsepsiyasi va zamonaviy adabiyot fani o‘qituvchisining professiogrammasi pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik kabi zamonaviy paradigmalariga qiyosiy ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida zamonaviy pedagogik yondashuvlar (shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va akmeologik)ni adabiy ta’limga tatbiq etish metodikasi o‘quvchilarda matnni tushunish, tahlil qilish va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol ta’lim talablari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiy ta’lim klasterining ilmiy-pedagogik asoslari va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning bilim darajasini baholash xalqaro PISA talablari asosida ishlab chiqilgan umumta’lim maktablarida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni adabiy ta’limga tatbiq etish metodikasidan Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 17 avgustdagi 01/11-01/10-1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining PISA talablari bo‘yicha o‘qish savodxonligi ko‘nikmalari oshishiga erishilgan;
adabiy ta’lim klasteri tushunchasi (modeli, tuzilmasi, tasnifi, tamoyillari)ning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi nazariy asoslari hamda klaster sharoitida integratsiyaga asoslangan adabiyot o‘qitishning metodik ta’minoti (ta’lim shakli, mazmuni, vositalari, usullari, yo‘llari)ni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini hamda 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 3 iyundagi 17-01-137- son ma’lumotnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 avgustdagi 02-07-2038/04-son dalolatnomasi). Natijada, maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini adabiy ta’lim klasteri vositasida rivojlantirish metodlari takomillashtirilgan;
adabiyot o‘qitish samaradorligini ta’lim klasteri sharoitida oshirishning metodik ta’minoti bo‘yicha tadqiqotning ilmiy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 213-son “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 avgustdagi 02-07-2038/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak adabiyot fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni klaster yondashuvi asosida shakllantirish bo‘yicha pedagogik oliy ta’lim muassasalarining ilmiy (adabiy ta’lim klasteri tadqiqi) va amaliy (adabiy ta’lim klasteri tatbiqi) yo‘nalishlarida faoliyat samaradorligini oshirishga erishilgan;
adabiy ta’lim mazmunida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash masalasi ijtimoiy sheriklik (empatiya, ishonch, o‘zaro to‘ldiruvchilik, ochiqlik)ga yo‘naltirilgan klaster hamkorlik tizimi (texnologiyasi, mexanizmi, metodikasi, shakllari, vositalari), muhiti (ehtiyoj, zarurat, natija) va sharoiti (muammo, echim, mexanizm) asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar 2015-2017 yillarda Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 avgustdagi 02-07-2038/04-son dalolatnomasi). Natijada, klaster yondashuvi asosida adabiy ta’lim mazmunida uzviylik va uzluksizlik masalasi ta’minlangan;
adabiy ta’limni tashkil etishda hududiy yaxlitlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim tizimi sharoitida adabiy ta’lim klasteri hududiy tuzilmasi (modulli maktabgacha ta’lim laboratoriyasi, maktab laboratoriyasi, pedagogik ta’lim innovatsion klaster markazi) g‘oyasi va pedagogik ta’limda o‘zaro hamkorlik tamoyillari bo‘yicha ilmiy xulosalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 avgustdagi 02-07-2038/04-son dalolatnomasi). Natijada, maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini adabiy ta’lim klasteri vositasida rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan kelajak o‘qituvchisi konsepsiyasi va zamonaviy adabiyot fani o‘qituvchisi professiogrammasi bo‘yicha ilmiy xulosa va amaliy takliflardan “O‘zbek adabiyoti tarixi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-buyrug‘iga asosan (ro‘yxat raqami 237-312) hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 avgustdagi 02-07-2038/04-son dalolatnomasi). Natijada, zamonaviy adabiyot fani o‘qituvchisining kasbiy va shaxsiy kompetentligi bo‘yicha talablar tizimi takomillashtirilgan;
uzluksiz ta’lim tizimida adabiy ta’limni takomillashtirish ilmiy-metodik asoslari, adabiy ta’lim klasteri tuzilmasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni adabiy ta’limga tatbiq etish, adabiy aloqalar bo‘yicha ilmiy xulosalar 2018-2019 yillarda Nizomiy nomidagi Ozarbayjon Respublikasi Fanlar Akademiyasi Baku bo‘limining “Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlarida adabiyotning o‘rni va ahamiyati” №4-57 raqamli loyihasi mazmuniga singdirilgan (Ozarbayjon Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2020 yil 10 apreldagi 47-son ma’lumotnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 avgustdagi 02-07-2038/04-son dalolatnomasi). Natijada, ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalarini mustahkamlash, adabiy ta’limda ijtimoiy sheriklikka yo‘naltirilgan klaster hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga erishilgan.