Ziyaev Raxmat Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zarafshon havzasi daryolari suv rejimi fazalarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi siljishlari», 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Gr8.
Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Pirnazarov Ravshan Topvoldievich geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon havzasi daryolari suv rejimi turli fazalari, ya’ni kam suvli, toshqin va to‘linsuv davrlari kuzatilish muddatlarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi siljishlarini aniqlash hamda ularning gidrologik ko‘rsatkichlarini miqdoriy qiymatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon daryosi havzasida iqlim o‘zgarishining asosiy belgilari - havo harorati hamda atmosfera yog‘inlarining o‘zgarish tendensiyalari havzada turli iqlimiy davrlarda kuzatilgan meteorologik ma’lumotlarni o‘zaro solishtirish usuli bilan aniqlangan;
Zarafshon havzasi daryolari suv rejimi fazalari turli davrlari oqimi ko‘rsatkichlari, jumladan, suv sarfi (Q), oqim hajmi (W), oqim moduli (M), oqim qatlami (h) turli iqlimiy davrlar uchun miqdoriy baholangan;
havza daryolari to‘linsuv davri oqimining mavsumiy atmosfera yog‘inlari miqdoriga va yozgi havo haroratiga bog‘liqligi statistik baholangan va ularning regressiya tenglamalari olingan;
Zarafshon daryosi to‘linsuv davri o‘rtacha kunlik suv sarflarini besh, o‘n kunlik muddat bilan qisqa, bir oylik muddat bilan esa uzoq muddatli prognozlashning sonli usullari ishlab chiqilgan;
Zarafshon havzasi daryolarida to‘linsuv davrining boshlanish, tugash va umumiy davom etish muddatlarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi siljishlari hamda ularga mos keladigan oqim ko‘rsatkichlari aniqlangan va ulardan suv xo‘jaligini samarali tashkil etishga oid gidrologik hisoblashlarda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zarafshon havzasi daryolari suv rejimi fazalarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi siljishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon daryosi havzasida iqlim o‘zgarishining shu havzada joylashgan meteorologik stansiyalarda bazaviy va joriy iqlimiy davrlarda qayd etilgan havo harorati hamda atmosfera yog‘inlari ma’lumotlarini o‘zaro solishtirish natijalari asosida aniqlangan o‘zgarishlari tendensiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida to‘linsuv davri elementlarining siljishlarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi LE24535428-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosida to‘linsuv davrining boshlanishi, tugashi va umumiy davom etish muddatlari hamda shu davrdagi oqim miqdorlariga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Zarafshon havzasi daryolari suv rejimi fazalarining to‘linsuv, toshqin va kam suvli davrlari uchun aniqlangan oqimi ko‘rsatkichlari “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasidan o‘rin olgan “Daryolar oqimining bahor davrida taqsimlanishi” kartasini tuzishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 avgustdagi 02/02-7341-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolar bahorgi to‘linsuv davri elementlarini tezkor aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Zarafshon havzasi daryolarida to‘linsuv davri oqimining meteorologik omillarga, xususan, mavsumiy atmosfera yog‘inlari miqdoriga va yozgi havo haroratiga bog‘liqligini ifodalovchi regressiya tenglamalaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Zarafshon daryosi to‘linsuv davri oqimi miqdorini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi LE24535428-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosi to‘linsuv davri oqimining gidrologik ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Zarafshon daryosi to‘linsuv davri oqimi ko‘rsatkichlarini, jumladan, suv sarflari va oqim hajmlarini qisqa hamda uzoq muddatli prognozlashlarning sonli usullari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Zarafshon daryosining shu davrda kutilayotgan oqimi miqdorlarini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi LE24535428-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosi to‘linsuv davri oqimidan viloyatlararo, viloyatlar miqyosida esa tumanlararo yanada samarali foydalanish imkoniyatlari yaratilgan;
Zarafshon havzasi daryolari to‘linsuv davrining boshlanish, tugash va umumiy davom etish muddatlarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi aniqlangan siljishlari haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv xo‘jaligi hisoblashlari amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi LE24535428-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlarning mahalliy hamda ularga Zarafshon daryosidan keltiriladigan suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.