Sayt test rejimida ishlamoqda

Umarova Gulruh Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘l va oyoqlar suyaklarining yaxshi sifatli o‘sma va o‘smasifat kasalliklari diagnostikasi va jarrohlik yo‘li bilan davolash», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib686.
Ilmiy rahbar: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Qobil Tursunovich. tibbiyot fanlari doktori, professor; Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘sma va o‘smasimon kasalliklarini differensial tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor qo‘l va oyoq suyaklari o‘smalari va o‘smasifat kasalliklarida suyakdagi patologik o‘choqqa oldindan belgilash yordamida kaminvaziv muolajani amalga oshirish va davolashni soddalashtirish imkonini beruvchi xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
qo‘l va oyoq suyaklari o‘smalari va o‘smasifat xosilalarini xirurgik olib tashlangandan keyin  suyak devori shikastini oldini olish imkonini beruvchi va elektrokoagulyasiya xamda faol kislorodga asoslangan fizikaviy va kimyoviy vositalar yordamida bo‘shliqqa ishlov berish usuli takomillashtirilgan;
qo‘l va oyoq suyaklari o‘smalari va o‘smasifat xosilalarining shakli, ichki tuzilishi, tashqi chegarasi, xajmi, joylashishiga ko‘ra  ajratilgan erta differensial nur tashxisi belgilari asosida patologik o‘choq sifati (xarakterini) aniqlash mumkinligi isbotlangan; 
qo‘l va oyoq suyaklarining o‘smalari va o‘smasifat kasalliklarida patologik o‘choqning joylashuvi va hajmini e’tiborga olgan xolda birinchi marta jarroxlik muolaja turi va suyaklar plastikasi materialini tanlashda differensial yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘sma va o‘smasifat kasalliklarini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘sma va o‘smasifat kasalliklarida kistoz hosilalarini xirurgik davolashni mukammallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida Intellektual mulk agentligining «Qo‘l va oyoqning uzun naysimon suyaklarining kistoz hosilalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli» ixtiroga patent olingan (IAP 05867, 04.06.2019 y). Olingan natijalar suyakdagi patologik o‘choqqa kaminvaziv muolaja yordamida davolash va atrofdagi to‘qimalarning shikastlanishini kamaytirish, operatsiya vaqtini, erta reabilitatsiyani va qo‘l-oyoq funksiyasini tiklash vaqtini qisqartirish imkonini bergan; 
uzun suyaklarda qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘sma va o‘smasifat kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Intellektual mulk agentligining «Uzun naysimon suyaklarning kistoz hosilalarini davolash usuli» foydali modeliga patent olingan (FAP 01415, 28.08.2019 y). Olingan natijalar o‘sma bilan chegarada bo‘lgan sog‘lom suyak devorlarini maksimal darajada saqlab qolgan holda, suyak bo‘shlig‘iga kombinatsiyalangan usulda ishlov berishga asoslangan davolash usuli suyak tukimasini maksimal darajada saqlash imkonini bergan;
qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘sma va o‘smasifat kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida «Turli joylashgan suyak xondromalarini davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomai tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 8n-d/32-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘sma va o‘smasifat kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni yaxshilash, to‘qimalar jaroxatini kamaytirish, qo‘l-oyoqlar funksiyasini tiklash imkonini  bergan;
qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘smalari va o‘smasifat kasalliklariga chalingan bemorlarni tashxislash va jarrohlik yo‘li davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan, Respublika bolalar ortopediya markazi, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 08-09/11598-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qo‘l va oyoq suyaklarining xavfsiz o‘sma va o‘smasifat kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni 96,2% gacha yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish