Iskandarova Iroda Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Limfatik diatezli bolalarda surunkali glomerulonefritning kechish xususiyatlari va davolashni takomillashtirish», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib629.
Ilmiy rahbar: Raxmanova Lola Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiet markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: limfatik diatezli bolalarda surunkali glomerulonefrit nefrotik shaklining kechish xususiyatlarini aniqlash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
limfatik diatezli bolalardagi surunkali glomerulonefritning nefrotik shaklida ikkilamchi immunetishmovchilik xolati ta’siri sababli klinik va laborator o‘zgarishlarning kuchayishi asoslangan;
limfatik diatezli bolalardagi surunkali glomerulonefritning nefrotik shaklida ikkilamchi immun etishmovchilik xolati sababli hujayraviy va gumoral immunitet buzilishlari, S3, S4 komplement komponentlari, IL-2 sitokini ishlab chiqarilishining kamayishi oqibatida ko‘p bo‘g‘inli immunologik etishmovchilik rivojlanishi isbotlangan;
limfatik diatezli bolalardagi surunkali glomerulonefritning nefrotik shaklida sifatiy (klinik) va miqdoriy (laborator, immunologik) ko‘rsatkichlarning kuchli matematik kombinatsiyasi tufayli ikkilamchi immunetishmovchilik xolati rivojlanishi, kasallikning cho‘ziluvchan va qaytalanuvchan kechishi, gormonga chidamli va gormonga tobe shakllarining rivojlanishi asoslangan;
ilk bor surunkali glomerulonefrit, surunkali glomerulonefrit+limfatik diatez va limfatik diatezli bolalarda kasallik asoratlarini prognozlash algoritmi ishlab chiqilgan, surunkali buyrak etishmovchiligi va boshqa asoratlarning erta profilaktikasi asoslangan va davolashni takomillashtirishda tizimli enzimoterapiyaning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Limfatik diatezli bolalarda surunkali glomerulonefritning kechish xususiyatlari va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
limfatik diatezli bolalarda surunkali glomerulonefrit nefrotik shaklining klinik-laborator va immunologik kechish xususiyatlarini o‘rganish, asoratlar rivojlanishini erta profilaktika qilish va prognozlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Limfatik diatezli bolalarda surunkali buyrak kasalliklarini prognozlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/496-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalardagi surunkali glomerulonefrit nefrotik shakli, surunkali glomerulonefrit+limfatik diatez va limfatik diatezda turli xil asoratlar rivojlanishini erta profilaktika qilish va prognozlashni amalga oshirish imkonini bergan;
bolalarda surunkali glomerulonefrit nefrotik shakli limfatik diatez bilan komorbid kechganda davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Limfatik diatezli bolalarda surunkali buyrak kasalligining immunterapiya algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 dekabr` 8n-r/537-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali glomerulonefrit nefrotik shakli va nefrotik shakldagi surunkali glomerulonefrit limfatik diatez bilan komorbid kechganda klinik, laborator va immunpatologik jarayonlarning o‘zaro kuchli kombinatsiyasiga asosan tizimli enzimoterapiya preparati vobenzimni qo‘llash bilan davolashni takomillashtirish imkonini bergan;
bolalarda surunkali glomerulonefrit nefrotik shakli limfatik diatez bilan komorbid kechganda klinik-laborator va immunologik xususiyatlarga asoslangan holda asoratlarni erta profilaktika kilish, prognozlash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi va Qoraqalpoq respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabr` 8n-z/261-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy kilingan davolash usuli va prognozlash algoritmi orqali surunkali glomerulonefrit nefrotik shakli, surunkali glomerulonefrit limfatik diatez bilan komorbid kechganda va limfatik diatez bilan kasallangan bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish, turli xil asoratlar rivojlanish xavfini, nogironlik, o‘limni kamaytirish, kasallik remissiya davrini uzaytirish, bemor xayot sifatini yaxshilash, kasalxonada davolanish muddatini 3 kunga qisqartirish va yillik sarf-xarajatni kamaytirishi xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratgan.