Nurullaev Farrux Gaybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ilmiy-metodik xususiyatlari (5-7 sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped724.
Ilmiy rahbar: Madrimov Baxrom Xudoynazarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-7-sinflar musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ilmiy-metodik xususiyatlarining pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-7-sinflar musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning pedagogik-psixologik xususiyatlari bag‘rikenglik, milliy g‘urur, milliy iftixor, bunyodkorlik kabi milliy fazilatlar va akmeoshaxs xususiyatlarining amaliy transformatsiyasi bilan identivligining bevosita barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatish o‘quvchilarda kognitiv, sotsial, shaxsiy, emotsional, kommunikativ, umummadaniy kabi tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish tizimi analitik tafakkurning rivojlanganlik darajasi, qo‘shiq matnlarini ochib berishga doir diskursiv yondashuvning praksiologik imkoniyatining ta’sirchanligini oshirish mexanizmining internal anglanganligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
5-7-sinf musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan modelning ta’lim sub’ektlari faoliyatining maqsadga yo‘nalganligi, invariativ mazmunli (umummadaniy kompetensiyaning tuzilmasi va pedagogik shart-sharoitlar, yondashuvlar, shakl va vositalar) va natijaviy tarkibiy asoslari umummadaniy kompetensiyalar tizimining integratsion jihatlari asosida takomillashtirilgan;
Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatish o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga bo‘lgan ijobiy munosabatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan refleksiv texnologiyalar vaziyatli topshiriqlar, guruhiy munozara, o‘quv loyihalarini musiqa ta’limiga vertikal va gorizontal qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-7-sinflar musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ilmiy-metodik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va tavsiyalardan:
5-7-sinflar musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning pedagogik-psixologik xususiyatlari milliy fazilatlar (bag‘rikenglik, milliy g‘urur, milliy iftixor, bunyodkorlik) va akmeoshaxs xususiyatlarining amaliy transformatsiyasi bilan identivligi bevosita barqarorligini ta’minlashga doir takliflardan «Vokal va zamonaviy musiqa» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30-iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-188-raqamli guvohnoma). Natijada «Vokal va zamonaviy musiqa» turkumiga kiruvchi o‘quv predmetlaridan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturlarini amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatish o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish tizimi (kognitiv, sotsial, shaxsiy, emotsional, kommunikativ, umummadaniy) analitik tafakkurning rivojlanganlik darajasi, qo‘shiq matnlarini tahlil qilishga doir diskursiv yondashuvning praksiologik imkoniyatining ta’sirchanligini oshirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-31247 raqamli «O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi» (2012-2016-yy) mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1526-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda musiqiy kompetentlikni rivojlantirishning diagnostik vositalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
5-7-sinf musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan modelning ta’lim sub’ektlari faoliyatining maqsadga yo‘nalganligi, invariativ mazmunli (umummadaniy kompetensiyaning tuzilmasi va pedagogik shart-sharoitlar, yondashuvlar, shakl va vositalar) va natijaviy tarkibiy asoslari umummadaniy kompetensiyalar tizimining integratsion jihatlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar «Bolalarning musiqiy ta’limi» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-123-raqamli guvoxnoma). Natijada, 5-7-sinf musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatish o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga bo‘lgan ijobiy munosabatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan refleksiv texnologiyalar vaziyatli topshiriqlar, guruhiy munozara, o‘quv loyihalarini musiqa ta’limiga vertikal va gorizontal qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini intensifikatsiyasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar «O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyixalash mexanizmlari» mavzusidagi A1-XT-1-19701 raqamli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1526-son ma’lumotnomasi). Natijada, amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar jarayonida umumiy o‘rta ta’lim tizimi 5-7-sinf musiqa ta’limida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishga oid ilmiy yondashuvlar o‘rganilgan hamda tahlil qilingan, Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik tizimi belgilab berilgan, ulardan foydalanish yo‘llari va samaradorlik darajasi aniqlangan.