Yuldashov Ikromjon Abdulazizovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini oshirishda oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1935.
Ilmiy rahbar: Mardonov  Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Egamberdieva Nodira Meliboevna,  pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirishda oila, mahalla va maktab hamkorligi integratsiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv davriylikni ta’minlash vositasida qishloq maktablari, oila va mahallalarning o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni oshirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi integratsiyalashgan markazlar faoliyatini tashkil etish mexanizmlari takomillashtirilgan;
qishloq maktablari, oila va mahallalarning hamkorligini bevosita ta’minlovchi mexanizmlar sifatida hamda integratsion markazlarda o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi motivatsion vositalar sifatida samaradorlik ko‘rsatkichlari va baholash indikatorlari takomillashtirilgan;
qishloq maktablari, oila va mahallalarning o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyatini o‘zaro munosabatlarning gorizontal va vertikal integratsiyasi asosida tashkil etish mexanizmlari takomillashtirilgan; 
qishloq maktablari, oila va mahallalarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish asosida o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish modeli integratsion tizimga xos xususiyatlarga muvofiq takomillashtirilgan;
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini oshirishda oila, mahalla  va maktab hamkorligi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, qiziqish va ehtiyojlarni inobatga olish, individual yondashuv, hamkorlik tamoyillariga ustuvorlik berish, retrospektiv davriylikni ta’minlash orqali qishloq maktabi, oila, mahalla (QMOM)ning o‘quvchilarida ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha markazlashgan hamkorligini integratsiyalash jarayonlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil  3 avgustdagi 01/11-02/02-1118/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla instituti va maktab hamkorligini rivojlantirish mezonlari takomillashtirilgan;
faol fuqarolik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalari pragmatikligini bevosita hisobga olish asosida qishlok maktablari oila maxalla  Markazi faoliyatini tashkil etish orqali qishloq maktabi o‘quvchilarining ijtimoiy faollik darajasini ifodalovchi integratsion indikatorlar tizimi, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan OT-F-1-100. “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” (2015-2018 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5148-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishda qishloq maktablari oila va mahalla  hamkorligini ta’minlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirilgan;
ijtimoiy-pedagogik munosabatlarning gorizontal va vertikal integratsiyasi asosida o‘quvchilarining maqbul ijtimoiy faolligini oshirishga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi qishloq maktablari, oila, mahalla faoliyatining izchilligi hamda uzviyligini ta’minlashning  pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223. “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5148-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishda qishloq maktablari, oila, mahalla  faoliyatining izchilligi hamda uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish