Sayt test rejimida ishlamoqda

Babaxodjaeva Nargiza Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): “Oliy ta’limda algoritmlar nazariyasi fanini o‘qitishni takomillashtirishda axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi (Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi misolida)”,13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1334.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat  universiteti.
Ilmiy rahbar:NormurodovChoriBegalievich, fizika-matematika fanlaridoktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Allakov Ismoil, fizika-matematika fanlaridoktori,professor;Nazirova Elmira Shodmonovna,texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda algoritmlar nazariyasi fanini o‘qitishni axborot texnologiyalariga asoslangan dasturiy-metodik majmua vositasida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
algoritmlar nazariyasi fani bo‘yicha DMMning ta’lim sifati va intensivligini oshirishga, talabalar tadqiqotchilik va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi komponentlar (algoritmlar kutubxonasi, elektron kutubxona, faylli arxiv) vositasida takomillashtirilgan, gipermediya va dasturlash texnologiyalari integratsiyasi asosidagi (asosiy kontent va dasturiy qobiq) innovatsion modeli va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan; 
algoritmlar nazariyasining formal hisoblash modellari (T`yuring-Post mashinalari va Markovning normal algoritmlari) va ularning emulyatorlari uchun talabalarda algoritmik, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv masalalarini entropik yondashuv bo‘yicha loyihalash algoritmi ishlab chiqilgan hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘quv-metodik ta’minoti ushbu algoritm asosida yaratilgan vazifa-topshiriqlar vositasida rivojlantirilgan;
algoritmlar emulyatorlari metodik ta’minoti algoritmlar mohiyatining talabalar tomonidan mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida yaratilgan “Saralash algoritmlari emulyatori” ilovasi imkoniyatiga kiruvchi algoritmlarning vaqt bo‘yicha murakkabligini aniqlash va samaradorligini qiyosiy tahlil qilish funksiyalari hamda algoritmlar (oddiy almashtirish, o‘rniga qo‘yish, birlashtiribsaralash, tezkor va piramidali saralash) ishini boshlang‘ich berilganlarning asosiy kombinatsiyalari (saralanmagan, teskari tartibda saralangan, qisman saralangan massivlar) uchun vizuallashtiruvchi interfaol boshqariladig ananimatsiyalar moduli vositasida rivojlantirilgan;
talabalar mustaqil ishini tashkil etish shakllari algoritmlar nazariyasi fani bo‘yicha ishlab chiqilgan ijodiy topshiriqlarni (web-kvest hisobot, loyiha-topshiriq, gipermatnli qo‘llanma, berilganlar bazasi, interfaol glossariy) ta’limda qo‘llashning fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish, talabalarda axborot madaniyatini (ma’lumotlarni saralash, ularning ahamiyatli jihatlarini belgilab olish, sohalarga ajratish, sofligiga nisbatan munosabat bildirish, g‘oyaviy asoslarini aniqlash, ma’lumot manbaini topish qobiliyatlari) rivojlantirish xususiyatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda algoritmlar nazariyasi fanini o‘qitishni axborot texnologiyalariga asoslangan dasturiy-metodik majmua yaratish va uni ta’lim jarayonida qo‘llash vositasida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
algoritmlar nazariyasi fanini qo‘llab-quvvatlovchi, yangi komponentlar (algoritmlar kutubxonasi, elektron kutubxona, faylli arxiv) vositasida takomillashtirilgan, gipermediya va dasturlash texnologiyalari integratsiyasi asosidagi DMM ning innovatsion modeli va dasturiy ta’minotini  o‘qitishda qo‘llash metodikasi Termiz, Samarqand, Urganch va Qoraqalpoq davlat universitetlari ta’lim jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5143-son  ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifati va intensivligini oshirishga, talabalar tadqiqotchilik va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
DMM tarkibidagi formal hisoblash modellari (T`yuring-Post mashinalari va Markovning normal algoritmlari) va ularning emulyatorlari uchun entropik yondashuv bo‘yicha loyihalash algoritmi asosida  ishlab chiqilgan vazifa-topshiriqlarning mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilishi natijasida talabalarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining ko‘tarilishiga erishilgan hamda saralash algoritmlari ishini vizuallashtiruvchi va samaradorligini qiyosiy tahlil qiluvchi “Saralash algoritmlari emulyatori”  dasturi yaratilgan (DGU 09113) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5143-son  ma’lumotnomasi).  Natijada “Saralash algoritmlari emulyatori” dasturining algoritmlar murakkabligini aniqlash va samaradorligini qiyosiy tahlil qilish funksiyalari hamda algoritmlar ishini vizuallashtirish imkoniyatlaridan o‘quv jarayonida foydalanish natijasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali qo‘llash, talabalar bilish faoliyatini faollashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish