Sayt test rejimida ishlamoqda

Urinov Sobir Nasilloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo resurslari asosida moylovchi gilli burg‘ilash eritmalarini olish texnologiyasini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1782.
Ilmiy rahbar: [Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Toshev Sherzod Orzievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Etakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo resurslari asosida moylovchi gilli burg‘ulash eritmalarini olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy o‘simlik yog‘laridan (xususan paxta yog‘idan) olingan texnik fosfolipid va triatsilgliseridlarning tarkibi va xususiyatlari aniqlangan;
texnik paxta yog‘laridan ularni gidratatsiyalash usuli 2 %li limon kislotasi suvli eritmasidan foydalangan holda fosfolipid va triatsilgliseridlarni ajratishning asosiy texnologik ko‘rsatgichlari aniqlangan;
moylovchi yog‘lar va olinadigan emul`siyada emulgator sifatida ishlatilinadigan fosfolipidlar va triatsilgliseridlar burg‘ulash eritmasining resepturasi ishlab chiqilgan;
anomal va yuqori haroratli sharoitda ishlovchi, chuqur burg‘ulash qurilmalarida ishlatiladigan moylovchi yog‘larning moylash ko‘rsatgichlari anilangan;
burg‘ulash qurilmasi uchun moylovchi yog‘ni qo‘llash va olishning muqobil texnologik shartlari ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo resurslari asosida moylovchi gilli burg‘ulash eritmalarini olish texnologiyasini va ularni qo‘llanilishi texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy gil minerallari asosida ko‘p funksional burg‘ulash eritmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta yog‘laridan fosfolipid sirt faol moddalarini ajratib olish texnologiyasi «Fargona yog‘-moy» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 2 fevraldagi 03-17-5/25-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida burg‘ulash eritmalari uchun moylovchi reagent olish imkonini beradi;
SD-1 moylovchi reagentni burg‘ulash eritma tarkibiga qo‘shib burg‘ulash jarayoniga qo‘llash texnologiyasi «Buxoroneftgazparmalash» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 2 fevraldagi 03-17-5/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gaz burg‘ulash qurilmasining yuqori moylash ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan burg‘ulash eritmasi olish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish