Erkinova Nigora Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli komorbid holatlardagi surunkali yurak etishmovchiligida al`buminuriya hamda giperal`dosteronizmni yurak va buyraklar disfunksiyasi rivojlanishidagi ahamiyati», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1413.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi turli sondagi komorbid kasalliklar bilan kechganda buyraklardagi funksional fibroz o‘zgarishlarning xususiyatlari va unda kompleks davo samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi turli sondagi komorbid kasalliklar bilan kechganda buyrak fibroz markerlarini aniqlash orqali buyrak funksional holati baholangan;
surunkali yurak etishmovchiligi turli komorbid kasalliklar bilan kechganda ularning soniga mos ravishda fibroz markeri va al`fa o‘sma nekroz omilining parallel oshishi hamda buyrak koptokchalari faoliyati sistatin-S, tubulointerstisial fibroz jarayonlari TGF-β1 yordamida aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi turli sondagi komorbid kasalliklar bilan kechganda unga mos ravishda al`buminuriya ko‘rsatkichlarining oshib borishi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligining stardart davosi negizida eplerenon dori vositasini qo‘llash al`buminuriya va fibroz jarayonlarini barqarorlashtirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali yurak etishmovchiligi turli sondagi komorbid kasalliklar bilan kechganda kompleks davolash negizida al`buminuriya va buyrak fibroz markerlarini dinamikasi hamda uning amaliy ahamiyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
SYuE turli komorbid holatlarda kechganda  buyrakdagi fibroz jarayonlarni erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali yurak etishmovchiligi komorbid holatda kechganda al`buminuriyani yurak va buyraklar disfunksiyasi rivojlanishidagi ahamiyati” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 8n-z/228-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuE komorbid kasalliklar bilan kechgan bemorlarda standart davo β-blokatorlar, angiotenzin II reseptorlarining antagonisti alzisartan va antifibrotik dori sifatida eplerenon birgalikda olib borilganda buyrakdagi fibroz jarayonlarini sekinlashtirish imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi turli sondagi komorbid kasalliklar bilan kechganda fibroz jarayonlari rivojlanishining profilaktikasini optimallashtirish tamoyillari hamda davo-profilaktik chora-tadbirlarning asoslanganligi sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro shahar 8-son poliklinikasida sog‘liqni saqlash amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 avgustdagi 08-09/9568-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallik kechishini turg‘unlashtirishi, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirishi va ularning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish