Sanoev Baxtiyor Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yo‘ldosh etishmovchiligining turli formalarini patologoanatomik tashxislash», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1201.
Ilmiy rahbar: Isroilov Rajabboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Hasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Ro‘ziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yo‘ldosh etishmovchiligining birlamchi va ikkilamchi shakllarining morfologik belgi va morfometrik ko‘rsatkichlarini  baholashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
patologik o‘zgarishsiz tug‘ilgan yo‘ldosh gistotopografiyasi, struktur birliklari va ulardagi invalyutiv o‘zgarishlarning dinamikada o‘ziga xos tuzilishlari va morfometrik ko‘rsatkichlarining matematik modeli yaratilgan; 
yo‘ldoshning birlamchi etishmasligida yo‘ldosh struktur birliklarida tabaqalashmagan, embrional tuzilishdagi, to‘liq rivojlanmagan, tartibsiz joylashgan va aralash tarkibli so‘rg‘ichlar mavjudligidan bachadonga birikishi, koteledonlar va so‘rg‘ichlar anomaliyasi va vaskulyarizatsiyasi buzilgan gipoplaziya va displaziya kuzatilishi isbotlangan;
ikkilamchi yo‘ldosh etishmasligi patogenezi sifatida bachadon-yo‘ldosh qon aylanishining buzilishi, yo‘ldoshda infarkt, so‘rg‘ichlar to‘laqonligi, fibrinoidning ko‘pligi, amnion pardalar va yo‘ldosh so‘rg‘ichlarining yallig‘lanishi oqibatida terminal so‘rg‘ichlar stromasi takomil topmagan, kapillyarlari kam, sinsitiokapillyar to‘siq paydo bo‘lmagan, trofoblastlar distrofiya holatda, Kashhenko–Gofbauer makrofaglari saqlanib qolganligi isbotlangan; 
yo‘ldosh struktur birliklarining miqdoriy ko‘rsatkichlari asosida birlamchi va ikkilamchi yo‘ldosh etishmovchiligining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Yo‘ldosh etishmovchiligining turli shakllarini patologoanatomik tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollarda homiladorlik turli bosqichlarida yo‘ldosh etishmovchiligining turli shakllarida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni samarali tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yo‘ldosh etishmovchiligini patomorfologik o‘zgarishlariga qarab aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/402-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlikning turli davrlarida  yuzaga keladigan yo‘ldoshning birlamchi va ikkilamchi etishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan patologik holatlarni o‘z vaqtida baholash, uning asoratlarini oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqish imkonini bergan;
yo‘ldosh etishmovchiligining turli shakllarini patologoanatomik tashxislash  asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari patologik anatomiya byurolari, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi hamda Buxoro viloyat perinatal markazlari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 8n-z/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘ldoshning birlamchi etishmovchiligida yo‘ldosh struktur birliklarining gipoplaziya, displaziya, patologik  shaklllanishi bilan yo‘ldoshning tuzilishi, joylashuvi, bachadonga birikishi, koteledonlar va so‘rg‘ichlar anomaliyasi va vaskulyarizatsiyasi buzilishi, patologik tabaqalashmagan yo‘ldosh ko‘rinishida namoyon bo‘lishi va embrional so‘rg‘ichlar saqlanib qolishi, to‘liq rivojlanmagan so‘rg‘ichlar, sklerozlanib, xaotik joylashgan so‘rg‘ichlar va aralash tarkibli shakllarni asoslash tartibini joriy qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish