Ruzmetova Dilfuza Tulibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qog‘onoq pardasining tug‘rqdan oldin erta yorilishi bo‘lgan homiladorlarda diagnostik va profilaktik usullarini optimallashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1126.
Ilmiy rahbar: Matyaqubova Salomat Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm viloyat perinatal markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qog‘onoq pardasini tug‘ruqdan oldin erta yorilishi bilan homiladorlarda kutuvchi taktikada prognostik matrisa va septik asoratlarning erta diagnostik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlarda Qog‘onoq pardasini tug‘ruqdan oldin erta yorilishida yiringli-septik asoratlari rivojlanish xavf omillari o‘rnatilgan, ular asosida xavf guruhini ajratish bilan prognostik matrisa yaratilgan;
homiladorlarda vitamin D kam miqdori va qin mikrobiotsinozi nomutanosibligining rivojlanishi, korrelyasion o‘zaro bog‘liqlik darajasi o‘rnatilgan, hamda QPTOEYo da yiringli-septik asoratlar rivojlanishida vitamin D kam miqdori patogenetik roli isbotlangan;
QPTOEYo bilan homiladorlarda qin mikrobiotsinozi o‘zgarishi Streptococcus spp., Staphylococcus spp va Entero-bacteriaceae persistensiyasi bilan bog‘liqligi ona va bolada tug‘ruqdan keiyngi davrda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini rivojlanishi sababi bo‘lishi mumkinligi isbotlangan;
QPTOEYo bilan homiladorlarda kutuvchi-faol taktikada vitamin D va qin mikrobiotsenozini yaxshilovchi vaginal shamchalari buyurilganda klinik samaradorligi va xavfsizligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qog‘onoq pardasining tug‘rqdan oldin erta yorilishi bo‘lgan homiladorlarda diagnostik va profilaktik usullarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
qog‘onoqning muddatidan ilgari yorilishi bilan homiladorlarda septik asoratlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qog‘onoqning muddatidan ilgari yorilishi bilan homiladorlarda septik asoratlarning rivojlanishini bashoratlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 8n-r/404-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijalari qog‘onoq pardasini tug‘ruqdan oldin erta yorilishi bilan asoratlangan muddatiga etmagan homiladorlikda bemorlarni yuritish taktikasi samaradorligini oshirishga hamda homiladorlar, tug‘ayotgan va yangi tuqqan ayollarda asoratlar va letal yakuniy chastotasini kamaytirishga imkon bergan;
homiladorlikda qog‘onoq pardasining tug‘ruqdan oldin erta yorilishi bilan ayollarda yiring-septik asoratlarni erta tashxislash va oldini olishni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro va Nukus perinatal markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/173-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijalari qog‘onoq pardasini tug‘ruqdan oldin erta yorilishi bilan asoratlangan muddatiga etmagan homiladorlikda bemorlarni yuritish taktikasini samaradorligini oshirishga va homiladorlar, tug‘ayotgan va yangi tuqqan ayollarda asoratlar chastotasini va letal yakuniy chastotani kamaytirishga imkon bergan.