Ortiqova Kamola Insopalievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arrali jinlash texnologiyasi samaradorligini oshirish»,05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish(texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1021.
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovichtexnika fanlari doktori, dotsent; Salimov Alisher Mashrabovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi tola ajratish mashinasining arrali silindr aylanish tezligini rostlash yo‘li bilan uning samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomashyo valigining arrali silindr ta’siridagi statik va dinamik holatlari modellashtirish va tahlil qilish orqali arrali silindr tezligini boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
arrali jin ishchi kamerasidagi arra va chigit harakati qonuniyatlari tahlili asosida jinlash jarayonning kinematik va dinamik parametrlari aniqlangan;
yakuniy natijaga qo‘yilgan talablar, xususan oldindan belgilangan tola sifati yoki ish unumi darajasiga ko‘ra arrali silindr tezligini rostlovchi jinlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
arra diametri aylanish tezligi va arrali tola ajratgich ish unumining o‘zaro bog‘lanish qonuniyati tahlili asosida arrali silindr tezligini avtomatik rostlash uskunasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arrali silindr tezligi rostlanadigan arrali jinlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arrali silindr tezligi rostlanadigan arrali jin «O‘zpaxtasanoat» AJga qarashli «Chust paxta tozalash» AJda uzluksiz texnologik jarayonga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJni tugatish Loyiha ofisining 2021 yil 14 iyuldagi FT-18/1475-son ma’lumotnomasi). Natijada, jin mashinasi ishchi arrali silindrining chiziqli tezligini boshqarish hisobiga ishlab chiqarilayotgan I-nav paxtani ishlashda paxta tolasidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,5% ga kamaytirish, shtapel massa uzunligini 0,1 mm ga oshirish, chigitning mexanik shikastlanganligini 0,4% ga, chigitning tukdorligini 0,2 % ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish