Muminov Ulugbek Mamitbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tolani tozalash samaradorligini oshirish maqsadida ikki seksiyali tola tozalash uskunasini takomillashtirish va uning asosiy o‘lchamlarini asoslash»,  05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.1.PhD/T2099.
Ilmiy rahbar: Madraximov Dilshodbek Usupjonovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Farxod Xayrullaevich  texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tola tozalagich arrali silindrining puxtaligini oshirish, kolosnik va arrali silindr orasidagi kerakli texnologik masofani ta’minlash orqali begona iflos aralashmalarini ajratishni yaxshilash bilan tolani tozalash sifatini oshirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasini iflosliklardan tozalash uchun mustaqil yuritgichga ega ikki seksiyadan iborat tola tozalagichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
jinning ish unumdorligiga bog‘liq ravishda tola tozalagichning ikki yoki bitta seksiyasiga yo‘naltirishni ta’minlovchi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
chiqindi tarkibidagi tola miqdorini talab darajasida bo‘lishini ta’minlash asosida tola tozalagichning kolosniklarini o‘rnatish qadami aniqlangan;
ikki seksiyali tola tozalagichdagi arralar soni, arrali silindlarni tezliklari va aerodinamik ish rejimi chiqindidagi tolani kamaytirish shartidan kelib chiqib asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ishlab chiqilgan takomillashtirilgan tola tozalagich «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi «Bo‘z paxta tozalash» AJ va «Surxondaryo Agroxizmat» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2021 yil 22 apreldagi FT-18/894-son ma’lumotnomasi). Natijada tola tozalagichning tozalash samaradorligi 40-45 % gacha oshgani holda, chiqindidagi tola miqdori 23 % dan 12 % gacha kamayishi hisobiga tolani chiqishi 0,2-0,3 % ga ko‘payishiga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish