Azizova Qizlarxon Mashrabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1391.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslarida kasbiy ehtiyojlarga asoslangan fanlararo yaxlitlash darajalari malaka oshirish traektoriyasini shakllantirish jarayonida shaxsda shakllangan ijtimoiy-pedagogik va tarbiyaviy xususiyatlarning aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirish;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyati interiorizatsiya, improvizatsiya, refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish, mustaqil qaror qabul qilish o‘qituvchi shaxsiga individual yondashuv asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integrativ-pedagogik faoliyatining konseptual modeli integrativ aloqadorlikning ta’limiy-didaktik imkoniyatlari o‘quv materialini ta’lim mazmunining shakli, birligi va uni moddiylashtirish darajasiga aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonida shakllantiruvchi va shakllantiriladigan integrativ pedagogik faoliyat, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar, maqsadli kurslar, vebinarlar, madaniy-ta’limiy muhit, ta’lim jarayoni sub’ektlarini kognitiv, amaliy, hissiy-qadriyatli komponentlarining ustuvorligini ta’minlash asosida faollashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslarida kasbiy ehtiyojlarga asoslangan fanlararo yaxlitlash darajalari malaka oshirish traektoriyasini shakllantirish jarayonida shaxsda shakllangan ijtimoiy-pedagogik va tarbiyaviy xususiyatlarning aloqadorligini ta’minlashni takomillashtirishga oid takliflar A-4-134 raqamli «Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalari» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarida fanlardan integratsiya tizimi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integrativ-pedagogik faoliyati interiorizatsiya, improvizatsiya, refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish, mustaqil qaror qabul qilish asosida o‘qituvchi shaxsining individual yondashuvi hamda o‘quvchilar bilish faoliyatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlariga oid takliflar asosida “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan 522-092-son guvohnoma). Natijada, malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyati takomillashuviga xizmat qilgan;
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integrativ-pedagogik faoliyatining konseptual modeli integrativ aloqadorlikning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini o‘quv materialini ta’lim mazmunining shakli, birligi va uni moddiylashtirish darajasiga aloqadorligini ta’minlashni takomillashtirishga oid takliflar A-4-134 raqamli «Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalari» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ yondashuvdan foydalanishini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonida shakllantiruvchi va shakllantiriladigan integrativ – pedagogik faoliyat dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar, maqsadli kurslar, vebinarlar, madaniy - ta’limiy muxitda ta’lim jarayonini sub’ektlarini kognitiv, amaliy, xissiy – qadriyatli komponentlari ustuvorligini ta’minlash asosida faollashtirishga oid tavsiyalar asosida “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan 522-092-son guvohnoma). Hatijada, integrativ bitiruv malaka ishlari mavzulari banki shakllantirilgan va bitiruv malaka ishlarini tayyorlash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish